16:37 / 07.07.2022
4918
Abituriyentlar uchun maxsus bot ishga tushirildi

O‘zbekistonda abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot ishga tushirildi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, unda eng muhim bir qator ma’lumotlarni oson topish mumkin.

Bakalavr:

  • fanlar majmuasi—2022;
  • qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
  • o‘tish ballari—2021 (hududlar, yo‘nalishlar kesimida).

Magistratura:

  • fanlar majmuasi—2022;
  • qabul kvotalari—2022
  • o‘tish ballari—2021 (OTM kesimida).

Shuningdek:

  • xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2022 yil uchun o‘tish ballari;
  • professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar haqida ma’lumot, ularga 2022/2023-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul kvotalari va fanlar majmuasini bilish mumkin.
Top