Maqsadli qabul nima degani?
Maqsadli qabul – qaysidir hudud va yönalişlarda kadrlar yetişmovçiligi sabab ajratiladigan kvota hisoblanadi.
Maqsadli kvotaga da’vogarlik qiliş yoki qilmaslik abituriyentning öziga havola: agar xohlasa, hujjat topşirayotgan paytda maqsadli qabulda iştirok etmoqçiligini belgilaşi lozim.
Maqsadli kvotaning umumiy kvotadan farqli jihati, unda pastroq ball bilan ham davlat granti asosida öqişga kiriş imkoni bor. Ammo keyinçalik talaba ma’lum muddat öz hududida işlab berişi kerak va şundan keyingina diplomini qöliga oladi.
Maqsadli kvota uçun ajratilgan qabul parametrlari bilan şu yerda tanişiş mumkin.
Texnikumni bitirganlar OTMga kira olmaydimi?
Ötgan oyda prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan yiğilişda 2023 yildan boşlab texnikumlarning a’loçi bitiruvçilari oliygohlarga imtihonsiz kiriş tartibi bekor qilinişini aytgandi.
Ayrim abituriyentlar orasida bu xabar tuşunmovçiliklarga sabab bölyaptiki, ya’ni endilikda texnikumlarni bitirganlar OTMga kira olmaydimi?
DTMning ma’lum qilişiça, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy örta ta’lim yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barça öquvçilar OTMda öqişi mumkin.
Demak, istovçilar, talabgorlar qörqmasdan bu yilgi imtihonlarda iştirok etiş imkoniyatiga ega.
Maktabni şu yil tugatganlar onlayn röyxatdan ötişda bitirgan ta’lim muassasining ma’lumotlarini kiritmaydimi?
Abituriyentlar OTMga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötayotganda bitirgan ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni saytga kiritişadi, lekin şu yil 11-sinfni tamomlaganlar bundan mustasno. Ularning ma’lumotlari tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bölsa, uşbu vazirlikning elektron bazasidan olinadi.












