Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan öqişga qabul qilinişini eslatdi. Buning tartibi hukumat qarori bilan belgilangan.

Vazirlik xabariga köra, uşbu toifadagi bitiruvçilarni 2022 yil 5 iyuldan boşlab Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn röyxatdan ötkaziş boşlangan.

Röyxatdan ötişda abituriyent töğrisidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik ravişda şakllanadi. Röyxatdan ötkaziş jarayoni joriy yilning 25 iyuliga qadar davom etadi.

Öz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yönalişlari röyxatini mana bu yerdan yuklab oliş mumkin.

Kimlar suhbat asosida öqişga qabul qilinadi?

Hukumat qarorida belgilanişiça, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan şaxslar toifasiga texnikumdagi butun öqiş davrida öquv semestrlari yakuniga köra özlaştiriş baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxşi)”, biroq özlaştiriş baholarining kamida 50 foizi bölgan bitiruvçilar kiradi. Biroq tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uçun baholarning kamida 85 foizi “5 (a’lo)” bölişi kerak.