“Bu bir tomondan tumandagi har bir daraxt himoyada ekanligining ramzi bölsa, boşqa tomondan tabiatni asraş barçamizning burçimiz ekaniga işoradir.

Yangihayot şu kunga qadar kreativlik tamoyiliga tayangan holda özgarişlar qilişga odatlangan va bu kabi takrorlanmas ğoyalar hali davom etadi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, şu yil boşidan boşlab Özbekistonda ekologik muammolarga yeçim sifatida “Yaşil makon” umummilliy daraxt ekiş aksiyalariga start berildi. Unga köra, aksiya doirasida 129,6 mln dona köçat ekilgani ma’lum qilingan.

Foto: Yangihayot tuman hokimligi

Ammo keyinroq hisobot yolğon bölgani, aslida ekilmagan 6,2 mln köçat şu hisobotlarga qöşib yozilgani, 3,4 mln tup köçat esa suğoriş tizimi yöq joyga ekilgani ma’lum böldi. Hisob palatasi taftişida şuningdek, 2,4 mln tup köçat bahor tugamasdanoq qurib bitgani aniqlangan.