Xitoy xalq ozodlik armiyasi uruşga har doim tayyor, dedi mamlakat mudofaa vazirligi vakili U Tsyan.

Payşanba kuni amerikalik respublikaçi senator Rik Skott Tayvanga taşrif buyurdi. U taşrif doirasida orol hukumati rahbarlari bilan uçraşişni rejalaştirgan.

"Bu yagona Xitoy tamoyili va Xitoy-Amerika kommyunikelarining qöpol ravişda buzilişidir. Bu Xitoy va AQŞ örtasidagi siyosiy va harbiy munosabatlarga jiddiy putur yetkazadi hamda Tayvan böğozidagi vaziyatni murakkablaştiradi", - dedi U Tsyan.

Uning sözlariga köra, Tayvan oroli yaqinida harbiy maşğulotlarning ötkazilişi "provokatsion va jinoiy Tayvan-Amerika fitnasi"ga qarşi qaratilgan.

"Xitoy xalq ozodlik armiyasi uruşga hamişa tayyor, istalgan vaqtda harbiy harakatlarni boşlaşi mumkin, taşqi kuçlarning Xitoyning içki işlariga aralaşişiga hamda ayirmaçilarning Tayvanni ajratişga qaratilgan harakatlariga barham beriş uçun barça çoralarni köradi", - deb ta’kidladi U Tsyan.

Tayvan amalda Xitoydan ayri davlat sifatida şakllangan, lekin rasman “Xitoy respublikasi” nomini saqlab turibdi. Mamlakatning öz konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati bor. Fuqarolik uruşi tugaşi va 1949 yil materikda kommunistlar ğalabasidan keyin saylangan hukumatini Tayvan Xitoydagi yagona qonuniy boşqaruv organi deb biladi.

Pekin Tayvanni öz provinsiyasi deb hisoblaydi.