Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni geologiya sohasidagi natijalar va yil yakunigaça bölgan rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi raisi Bobur Islomov oxirgi yillarda amalga oşirilgan işlar töğrisida hisobot berdi. Jumladan, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida geologik örganiş va burğilaş işlari hajmi 1,5 barobargaça oşgani aytildi.

Yerosti qazilmalariga soliq stavkalari pasaytirilib, sohada xususiy investorlarga yöl oçildi. Konlarni auksion orqali sotiş hisobiga, 1 milliard 400 million dollar investitsiya kiritiş boşlandi.

Geologiya fanlari universiteti taşkil etilib, faoliyati eng zamonaviy texnologiyalar va ilğor metodikalar asosida yölga qöyildi.

Şu yil 19 may kuni bölgan taqdimotda Prezident “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qiliş, uran zaxirasini oşiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Yiğilişda şu borada boşlangan işlar, örta va uzoq muddatga möljallangan maqsadli körsatkiçlar haqida axborot berildi.

Unga köra, texnologik jarayon va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga ötkaziş, uran işlab çiqariş hajmi hamda zaxirasini 2030 yilgaça 2 barobar oşiriş rejalaştirilgan.

Davlatimiz rahbari bu işlarni samarali taşkil etiş uçun “Navoiyuran”da loyiha ofisi oçiş, çet ellik mutaxassislarni jalb qilib, kadrlar malakasini oşiriş kerakligini ta’kidladi.

Rangli va noyob metalli konlarni özlaştiriş masalasiga ham töxtalib ötildi. Bu borada geologik qidiruv maydonlari kengaytirilgan. Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi huzurida “Yangi kon” kompaniyasini taşkil etiş közda tutilgan. Bu kompaniya litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boşqa nodir metallarni işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalari ijrosini taşkillaştiradi.

“Umuman, geologiya iqtisodiyotning ösişiga asosiy turtki beradigan soha. Bu boradagi salohiyatini töliq işga soliş kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.