Soğliqni saqlaş vazirligi 2022 yil boşidan buyon Toşkent şahrida «103» xizmatiga qilingan tuğuruq va homiladorlik patologiyalari böyiça murojaatlar töğrisida ma’lumot berdi.

«Tuğuruq amaliyoti — öta murakkab jarayon. Şu sababli uning xavfsiz va asoratsiz keçişi bevosita tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va malakasi, ularning tajriba hamda mahoratiga boğliq.

Biroq ba’zida şunday holatlar böladiki, homilador ayolda tölğoq tösatdan boşlanadi. Natijada uşbu amaliyotni uyda yoki yölda bajarişga töğri keladi.

Mana şunday kutilmagan vaziyatlarda, tabiiyki, tez tibbiy yordam xizmati şifokor va hamşiralaridan yanada mas’uliyat va qat’iyat, tezkorlik va öta ziyraklik talab etiladi. Aks holda, ona va bolaning hayoti xavf ostida qolişi mumkin», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, mamlakatda «Tez yordam» xizmati xodimlari ana şunday favqulodda tuğuruq jarayonlarining muvaffaqiyatli keçişi hamda ona va bola salomatligini asraş uçun zarur bilim va malakaga ega.

Xususan, joriy yilning ötgan olti oyi davomida Toşkent şahar «103» xizmatiga tuğuruq va homiladorlik patologiyalari böyiça jami 21 ming 143 ta çaqiriq kelib tuşgan. Şundan 38-40 haftalik homiladorlik davrida bölgan 2342 nafar ayol tuğuruq uçun murojaat qilgan.

Qolaversa, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining bevosita sa’y-harakati tufayli 25 nafar homilador ayol öz uyida farzandli bölgan.

Kutilmaganda boşlangan tuğuruq va yana boşqa omillar sababli esa 3 nafar ona çaqaloğini «Tez yordam» maşinasida dunyoga keltirgan.

«103» brigadalarining tezkor amalga oşirgan tibbiy yordami tufayli uşbu tuğuruq jarayonlarining barçasi muvaffaqiyatli va heç qanday asoratlarsiz keçgan.

Ma’lumot uçun, 2022 yil yanvar-iyun oylarida Toşkent şahar «Tez yordam» xizmatiga jami 622 ming 578 ta çaqiriq kelib tuşgandi.