Tahririyatga 6 oydan beri farzandini hayotga qaytariş uçun kuraşayotgan Nilufar Hakimova murojaat qildi. U soğlom yurgan, homiladorlik davrini ham yaxşi ötkazgan qizi tuğuruq jarayonidan keyin açinarli ahvolda ekanligini aytib, najot söragan:

“2005-yilda tuğilgan qizim Maftuna Mirzarahimova öz vaqti-soatida dard bilan Uçtepa tumanidagi 9-perinatal şifoxonaga öz oyoği bilan borgan. Kuyovim bilan borganda kesarça kesişga körsatma bölmagan. “Özi tuğadi” deb olib qolişgan. Kuyovim kutgan va orada juma namoziga borib qaytib kelganda “operatsiya qildik, Maftuna behuş, komada” deyişgan. Men kelganimda qizimning ahvoli juda oğir edi. Boş şifokor Uluğbek Bekjonovga murojaat qilib, boşqa şifoxonaga olib borişni iltimos qildim.

Qizim bilan nega bunday bölganini sörasam, “epidural anesteziyada reaksiya berdi. Şuning uçun yuragi töxtab qoldi, şoşilinç operatsiya qildik” deyişdi”, deydi ona.

«25 kunda közini oçdi»

5 oy davomida Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan Maftunaning ahvoli yaxşilanmagan. Qizining holati va davolaniş bilan boğliq uzluksiz xarajatlar ota-onani ham ruhiy, ham moliyaviy jihatdan oğir ahvolga solgan.

“27-aprel kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam şifoxonasiga ötkazdik. U yerda neyroreanimatsiyaga olişdi. 25 kunda közini oçdi, “koma 2 holati” taşxisi qöyildi. Juda yomon ahvolda yotardi qizim, yuzlarini yopib qöyişgandi. Hozirgaça oğir ahvolda. Apallik sindrom degan diagnoz qöyişgan. Qöl-oyoqlari qiyşayib, falajlanib qolgan. Nahotki bitta tuğişda şu darajaga kelib qolsa?

Heç kim tilxat yozmagan, operatsiyaga heç kimdan ruxsat olinmagan. Nega operatsiya qilindi, özi tuğişi kerak edi deganimizda “özi sörab oldi” degan javobni aytişdi. Hamma aybni qizimga tönkaşdi. Qizim bu holatida heç narsani tasdiqlay olmaydi. Beş oydan beri bitta “ona” degan söziga zorman. Közini oçib yopadi, bir söz gapira olmaydi”.

Maʼlumot uçun: Apallik sindromi - boş miya pöstloği faoliyatining oğir buzilişi natijasida inson ongi yöqolib, bir vaqtning özida nafas oliş, yurak-qon tomir faoliyati, yutiş kabi asosiy vegetativ funksiyalari saqlanib qoladigan nevrologik holat. U köpinça oğir boş-miya jarohati, reanimatsiyadan keyingi ensefalopatiya yoki ensefalitdan söng rivojlanadi. Bemor közini oçişi mumkin, ammo odatda qaraşni maqsadli ravişda jamlay olmaydi, nutq va ongli muloqot kuzatilmaydi.