13:00 / 11.07.2022
6335

Asialuxe Travel kompaniyasi barchani Qurbon hayiti bilan tabriklaydi. Dalaman: avgustga ta’tilni birgalikda rejalashtiramiz

Turkiya har yili butun dunyodan yuz minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Turkiya kurortlarini ajoyib servis, yoqimli narxlar va sevimli «ultra barchasi kiritilgan» konsepsiyasi uchun yaxshi ko‘rishadi.

Foto: Asialuxe Travel

Oxirgi bir necha yillar davomida o‘zbekistonliklar tomonidan qiziqish katta bo‘lgan Antaliya shahri bilan bir qatorda, Turkiyaning Egey qirg‘oqlari mavjud, bu joylar hayratlanarli manzaralar, qulay mehmonxonalar tanlovi, hamyonbop narxlar, mevalarning mo‘l-ko‘lligi, plyajda va faol dam olish imkoniyatlari bilan o‘ziga jalb qiladi.

Bu yerda Turkiyaning Marmaris va Fetxiye kabi taniqli kurortlari joylashgan. Bu yil aynan ushbu kurortlarda o‘zbekistonliklar ham dam olishi mumkin – Asialuxe Travel kompaniyasi 2 avgustdan Toshkentdan Dalamanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Asialuxe Travel nega Marmaris/Fetxiye – 2022 yil turistik mavsumi uchun ideal tanlov ekanligi haqida aytib beradi.

Marmaris

Marmaris kurorti — bu ko‘plab tungi klublar, plyajlar va diqqatga sazovor joylarga ega o‘ziga xos «turkcha Nitssa».

Kurort Egey dengizi sohilidagi ulkan go‘zal ko‘rfazda joylashgan. Ko‘rfazga kirishda kurortni kuchli to‘lqinlardan himoya qiladigan orol bor, shu sababli bu yerda dengiz deyarli har doim sokin bo‘ladi. Marmarisdagi plyajlar qum va toshlar bilan qoplangan, ko‘pchiligi suv va qirg‘oq tozaligi uchun beriladigan «Moviy bayroq» mukofotiga ega.

Mahalliy manzaralar moviy qirg‘oqdan qolishmaydi. Shaffof suv, ignabargli daraxtlar o‘rmonlari va ko‘plab yorqin jonli gullar doimiy dam olish va bayram muhitini yaratadi.

Marmaris — bu faqatgina Egey dengizida yodda qoladigan dam olish va klublardagi o‘yin-kulgi emas, balki sayr uchun mos joylar va qiziqarli maskanlarga ekskursiyalardir ham. Bu yerdan Pamukkale, Kappadokiya va Fetxiye kabi taniqli joylarga oson yetib olish mumkin. Shaharning bosh diqqatga sazovor joyi – bu bir necha yuz yillar oldin qurilgan va qal’a sifatida xizmat qilgan Marmaris qasridir, hozirda qasr ichida arxeologik muzey faoliyat yuritmoqda, bu yerdan dengiz va shaharga chiroyli manzara ochiladi. 4 km masofali Marmaris qirg‘og‘i hamda dengizda sayr qilishni buyurtma qilish va yelkan kemani boshqarishni o‘rganish mumkin bo‘lgan yaxtalar turadigan «Netsel Marina» joyi alohida e’tiborga loyiq. Kechasi esa Marmaris markazida favvoralar shousi bo‘lib o‘tadi.

Shoping haqida gapiradigan bo‘lsak, ajoyib xaridlarni Grand Bazzar Carsi, Blue Port savdo markazi yoki «Netsel Marina» atrofidagi savdo majmuasida amalga oshirish mumkin.

Fetxiye

Fetxiye o‘zining hayratlanarli tabiati va qo‘riqxonalari bilan taniqli — ularning orasida mashhur «Kapalaklar vodiysi», «Saklikent» kanoni va dunyoning top-5 taligiga kiradigan «Moviy qirg‘oq» plyaji bor.

Fetxiye Marmaris kabi Mug‘la provinsiyasida joylashgan.

Kurortning iqlimi shunchalik yumshoq va qulayki, bu yerda butun yil davomida dam olish mumkin. Ushbu ajoyib shahar tog‘lar etagida joylashgan bo‘lib, uning manzarasidan har bir kishi zavqlanishi mumkin.

Bu nafis shahar tinch dam olishni ma’qul ko‘ruvchilar orasida ham mashhur. Shovqinli shaharlardan charchagan sayyohlar bu yerga toza havodan nafas olish va «Kleopatra» plyajida qorayish, «Kapalaklar vodiysi» bo‘ylab sayr qilish, «Babadag» tog‘ida paraplanda uchish va ulkan toshbaqalar yashaydigan joyga qayiqda borish uchun kelishadi.

Asialuxe Travel 2 avgustdan Marmaris va Fetxiye kurortlariga qulay va tez yetib olish imkonini beradigan Toshkent – Dalaman – Toshkent yo‘nalishidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslarni har seshanba qulay Uzbekistan Airways avialaynerlarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, samolyotlar bortlarida Halal belgisiga ega yaxshilangan toifadagi taomlar taqdim etiladi.

Bir kishi uchun yetti kechaga kompleks turistik to‘plamlar narxi 9,3 mln so‘mdan boshlanadi.

Maqola va foto-materiallar Turkiyaning turizmni rivojlantirish va ommalashtirish agentligi yordamida tayyorlandi.

Kompaniya telefon raqami va sayti orqali turistik to‘plamlar narxlari, aviachiptalar va barcha yo‘nalishlar bilan tanishish hamda ularni mustaqil ravishda band qilish mumkin: www.asialuxe.uz, 712017777.

Shuningdek, Asialuxe Travel mahsulotlarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topish mumkin.

Telefon: (+998) 71−201−7777

Manzil: Said Baraka ko‘chasi, 24.

Sayt:asialuxe.uz

Telegram: @asialuxe

Telegram guruh: t.me/my_asialuxe

Telegram'dagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Telegram'dagi qaynoq turlar o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida

Top