Qaysi diniy sekta haqida gap ketayotgani rasman oçiqlanmagan bölsa-da, Yamagamining onasi «Birlaştiriş çerkovi» yoki Mun tariqatiga a’zo bölgani ma’lum. Uşbu sektaga 1954 yilda aşaddiy antikommunist, özini masih deb e’lon qilgan koreyalik Son Myon Mun tomonidan asos solingan.
Abe juma kuni ertalab Nara şahridagi temiryöl vokzalida nutq sözlayotganda otib öldirildi. Gumonlanuvçi Tetsuya Yamagami unga qölbola miltiqdan öq uzdi. Suiqasddan söng u darhol uşlandi va politsiyaga qandaydir diniy sektadan noroziligi tufayli qotillikka qöl urganini aytdi.
Yamagami tergovçilarga dastlab diniy sekta rahbarini, undan keyin esa uşbu çerkovni Yaponiyada tarğib qilgan Abeni öldirmoqçi bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, onasi 20 yil oldin taşkilotga katta miqdordagi mablağni xayriya qilgan, bu esa oilaning moliyaviy ahvoliga putur yetkazgan va uning bankrot bölişiga olib kelgan.
Jahon tinçlik va birlaşiş uçun oila federatsiyasi («Birlaştiriş çerkovi» yoki Mun tariqati) Yaponiya bölimi prezidenti Tomixiro Tanakaning sözlariga köra, gumonlanuvçining onasi diniy yiğilişlarda har oyda bir marta qatnaşib kelgan. U birinçi marta çerkovga 1998 yilda qöşilgan. 2009 yildan 2017 yilgaça aloqani uzgan, ammo 2-3 yil oldin tariqatga qaytgan. Sönggi yarim yilda esa çerkovga muntazam qatnagan.
Tanaka tergov jarayoni davom etayotganini rökaç qilib, Yamagamining onasi qandaydir ehson qilgani haqidagi xabarlarga izoh berişdan boş tortdi. Uning sözlariga köra, çerkov ayolning moliyaviy ahvoli oğirligini qotillik sodir bölganidan keyin bilgan. Bu qiyinçiliklarning sabablarini bilmasligini aytgan.
Birlaştiriş çerkovi nima?
Birlaştiriş çerkovi Janubiy Koreyada taşkil etilgan bölib, ba’zi narsalar qatori, bir vaqtning özida minglab juftliklarning nikoh marosimini ötkazişi bilan ommaga tanilgan.

Çerkov tanqidçilari uni sekta deb ataşadi va taşkilot asosçilari muridlar hisobiga moliyaviy foyda körib kelayotganini ta’kidlaşadi. Çerkov rahbariyati bu kabi ayblovlarni rad etadi va diniy harakatning qonuniy ekanini ta’kidlaydi.
Birlaştiriş çerkovi: ba’zi faktlar
- Son Myon Mun 1920 yilda hozirda KXDR hududida joylaşgan Çonju şahrida tuğilgan. U 2012 yilda vafot etgan;















