Özbekiston hududiga 17–22 iyul kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelişi kuçayadi. Şu sababli «Özgidromet» rahbari Şerzodxöja Habibullaxöja fuqarolarga şoşilinç axborot bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, issiq havo massalarining kirib kelişi natijasida kunduz kunlari havo harorati quyidagiça kötariladi:

  • Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagaça;
  • Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagaça;
  • Farğona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagaça kötariladi.

Şuningdek, respublika böyiça ba’zi joylarda şamol çang tözonlar bilan 15-20 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda. Ayrim joylarda şamol 22-25 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

Ma’lumot uçun, agar Toşkentda harorat 45 darajaga çiqsa, bu 1870 yildan keyingi davrning mutlaq rekordi böladi. Bu kunlari ayniqsa energetika tarmoği jiddiy yuklama ostida qoladi.