Loyiha Özbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilişga, jumladan, 22 ta eskirgan yuqori kuçlanişli podstansiyalarni rekonstruksiya qiliş va kengaytirişga kömaklaşadi, bu ularning quvvatini 912 MVt.ga yetkazadi, 11 ta hududda yangi 500 kV.li podstansiya va elektr uzatiş tarmoqlarini qurişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, loyiha Sirdaryo IESning işlab çiqariş quvvatlaridan Toşkentgaça poytaxt elektr energiya iste’molçilari va sanoat quvvatlari uçun 220 va 500 kV tarmoqlarini qurişni öz içiga oladi.
“Loyiha muhim strategik tarkibiy qismi SCADA va YeMS tizimini amalga oşiriş hisoblanadi, bu energiya tizimida dispetçerlik va monitoring qiliş imkonini beradi. “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJni kelajakda transformatsiyalaş uçun Enterprise Recourse Planning (ERP) tizimini joriy yetiş rejalaştirilgan”, — dedi energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev.
Loyihani amalga oşiriş uçun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (Jahon banki guruhi) tomonidan 380 million AQŞ dollari, Yaşil iqlim jamğarmasi tomonidan 43 million AQŞ dollari miqdorida kredit ajratilmoqda.
Özbekistonda elektr energiyasiga bölgan talab 2018 yildagi 61 mlrd kilovatt-soatdan 2030 yilga borib 110 mlrd kilovatt-soatgaça oşişi kutilmoqda. Hozirda mamlakatda 270 ming kilometrdan ortiq elektr uzatiş va taqsimlaş tarmoqlari mavjud bölib, ular asosiy qismi modernizatsiya qilinişi va yangilanişi kerak.
“Uşbu yangi loyiha 32 millionga yaqin iste’molçini işonçli elektr energiyasi bilan ta’minlaşga yordam beradi va qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqariş böyiça keng kölamli yangi loyihalarni elektr tarmoqlariga ulaş imkonini beradi”, – dedi Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Loyiha “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ operatsion, moliyaviy va tijorat jarayonlarini rivojlantiriş va raqamlaştiriş, institutsional salohiyatini mustahkamlaş orqali zamonaviy kompaniyaga aylantirişga yordam beradi.












