«Bavariya» klubi rasmiy sayti polşalik 33 yoşli forvard transferi böyiça Kataloniya klubi bilan kelişuvga erişganini rasman e’lon qildi. Robert «Barsa» bilan 2025 yilga qadar şartnoma imzolaydi.
«Barselona» Levandovski transferi uçun Myunxen klubiga 45 million yevro va yana 5 mln yevroni bonus sifatida tölaşi kutilmoqda.
Levandovski Myunxen klubi safiga 2014 yilda qöşilib, «Bavariya»da 8 yil davomida töp surdi. U jamoada 8 karra Bundesliga ğolibi, 3 karra Germaniya kubogi sohibi va 5 marta Germaniya Superkubogida zafar quçdi. 2019/20 yilgi mavsumda esa YeÇL sohibi böldi. Şuningdek, Robert sönggi 5 yil davomida Bundesliganing eng yaxşi töpurariga aylandi.
Ma’lumot uçun, 33 yoşli polşalik forvard «Bavariya»dagi 8 yillik faoliyati davomida jami 375 öyinda 344ta gol va 72ta assistga mualliflik qilgan.












