Hujjatga köra, Özbekiston 1992 yildan buyon BMT va Xalqaro mehnat taşkilotining töla huquqli a’zosi hisoblanadi.

XMTning 148-sonli konvensiyasi maqsadi milliy qonunçilik yoki qoidalar orqali iş joylarida havo ifloslanişi, şovqin va tebraniş bilan çaqiriluvçi kasbiy xavf-xatarlardan ogohlantiriş va ularni çeklaşga, hamda uşbu xatarlardan himoyalanişga yönaltirilgan çoralar qabul qilinişi zarurligini belgilaydi.

148-sonli konvensiya ratifikatsiya qilinişi:

  • milliy qonunçilikni yanada takomillaştirişga, xususan Xalqaro mehnat taşkiloti hujjatlarida belgilangan, iş joyida havo ifloslanişi, şovqin va tebraniş tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatarlar oldini oliş, aniqlaş va bartaraf etiş borasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etişga xizmat qiladi;
  • xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan munosabatlarda Özbekiston ijobiy imijini şakllantirişga yordam beradi;
  • Birlaşgan millatlar taşkiloti konvensiyalarini nazorat qiliş organlari, Xalqaro mehnat taşkiloti konvensiyalari va tavsiyalarini qöllaş böyiça ekspertlar qömitasi hamda Xalqaro mehnat taşkiloti boşqa tuzilmalari tomonidan respublikaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilmasligiga sabab böladi;  
  • Özbekistonning kelgusida xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, şu jumladan Jahon savdo taşkilotiga integratsiyalaşuvi uçun şaroit yaratilişi hamda preferensiyalar umumiy tizimi doirasida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirilişini ta’minlaydi.