«Nisiyama Onsen Keyunkan» mehmonxonasi 705 yilda taşabbuskor yapon Mahita Fudzivara tomonidan oçilgan. Oradan 1300 yildan ortiq vaqt ötgan bölsa-da, u mijozlar bilan gavjum. Mehmonlar u yerga dunyo taşvişlaridan uzoqlaşiş, tabiat qöynida dam oliş va şifobaxş termal buloq suvlarida çömiliş uçun borişadi. 2011 yilda u Ginness rekordlar kitobiga «eng qadimgi mehmonxona» sifatida kiritildi.

Mahita Fudzivara vafot etgaç, uning biznesi öğliga, keyin esa merosxörlariga ötadi. Hozirgi vaqtda mehmonxona Fudzivara oilasining 52-avlodi tomonidan boşqarilmoqda. Oradan şunça yillar ötsa ham, unga egalik qiluvçi oila özgarmagan. Fudzivaraning özi imperator Tendzining yordamçisi bölgan. Ehtimol, imperatorning homiyligi mehmonxona maşhurlaşişiga sabab bölgan.

Mehmonxona Xonsyu orolidagi Yamanasi prefekturasida joylaşgan. Bu yerda dengiz plyaji yöq, maşhur Fudzi toğiga boriş uçun esa bir neça soat yöl bosiş kerak böladi. Biroq, mehmonxona egalari mijozlar yetişmasligidan şikoyat qilişmaydi. Gap şundaki, yaqin atrofda termal buloqlar bor, şuning uçun ham nafaqat Yaponiya aholisi, balki butun dunyodan sayyohlar buloq suvlarida çömiliş va soğliğini tiklab oliş maqsadida u yerga borişadi. Mehmonxonaning özi ham buloqlar suvi bilan isitiladi, şuningdek, u xonalardagi kranlarga uzatiladi.

«Nisiyama Onsen Keyunkan» qadimda yaponiyalik jangçilar orasida maşhur bölgan, jangdan söng yaralarini davolaş uçun u yerga borişgan. Binoning özi asrlar davomida köp marta qayta qurilgan, ammo joylaşgan örni özgarmagan.

Hozirda mehmonxonada 40 ga yaqin xona, bir neçta katta basseynlar bölib, ularning bir qismi yopiq, qolganlari esa oçiq havoda. Bu yerda qadimgi Yaponiya an’analariga qat’iy amal qilinadi. Misol uçun, mehmonlar stolda emas, balki gilamda ötirib ovqatlanişadi.
An’analar saqlanib qolganiga qaramay, bu yerda narxlar juda zamonaviy mehmonxonalardagidek. Masalan, oddiy ikki kişilik xonada tunaş 35 ming iyena turadi, bu 300 dollardan oşadi.














