Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki kömagida joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toşkent şahridagi Sayilgoh köçasida “Toşkent suvenirlari” körgazma savdosi bölib ötadi.

Uç kun davomida mehmonlar yurtimizning maşhur hunarmandlaridan özlarining sevimli hunarmandçilik mahsulotlari, suvenirlar sotib olişlari, ularning tayyorlaniş jarayonlarini kuzatişlari va özlari bu jarayonda bevocita iştirok etişlari, şuningdek boy köngiloçar dasturni tomoşa qilişlari mumkin.

Körgazma-savdoda respublikaning barça hududlaridan 200 nafardan ziyod hunarmand, xalq amaliy san’ati ustalari hunarmandçilik mahsulotlari va milliy matolar adras, atlas, zargarlik buyumlari, kulollik, gilamçilik, zardözlik va hunarmandçilikning boşqa yönalişlarida mahorat darslari bilan iştirok etadi.

Körgazma-savdo mehmonlari yurtimizning maşhur hunarmandlarining mahorat darslarida qatnaşib, öz qöllari bilan loydan köza yasab körişlari, ipakdan mato töqişlari, döppiga naqş berib körişlari, beşik yasaşda iştirok etiş imkoniyatiga ega böladilar.
“Toşkent suvenirlari” körgazma savdosi davomida biznes vakillari hunarmandlar bilan foydali şartnomalar tuzişlari mumkin böladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, körgazma-savdoda 100 mingdan ortiq kişi taşrif buyuradi.
Sana: 19 avgustdan 21 avgustgaça.
Ötkaziliş joyi: Toşkent şahridagi Sayilgoh köçasi







