AQŞ Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga taşrif buyurganidan söng, Xitoy hukumati unga qarşi sanksiyalar kiritdi. Jazo çoralari amerikalik siyosatçining oila a’zolariga ham tegişli, deya ma’lum qildi 5 avgust, juma kuni XXR TIV. Pekinda ta’kidlanişiça, Tayvanga taşrifi bilan Pelosi «Xitoy içki işlariga aralaşdi» va «mamlakat hududiy yaxlitligini» buzdi. Qanday sanksiyalar haqida gap ketayotgani xabar qilinmagan.

Öz navbatida, Oq uy Xitoy elçisi Tsin Ganni Tayvan böğozida harbiy maşğulotlar ötkazayotgan xitoylik harbiylar çoralari fonida çaqirtirdi. XXR elçisi Pekinning Tayvanga nisbatan «provokatsion harakatlari»ni foş qiliş va unga AQŞ mintaqada inqiroz bölişini istamasligini aytiş uçun çaqirtirildi, dedi Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi The Washington Post naşriga. 

Bundan taşqari, Xitoy taşqi siyosat idorasi Yaponiya elçisini Tokio Xitoyning G7 guruhi doirasidagi harbiy maşqlarini tanqid qilgani munosabati bilan çaqirtirgani xabar berildi. Diplomatga rasmiy protest topşirildi. Bir kun avval Xitoy TIV «katta yettilik» boşqa mamlakatlari elçilarini hamda YeI vakilini ham çaqirtirgan edi. 

Sönggi kunlarda Nensi Pelosining oroliga taşrifi munosabati bilan Xitoyning materik qismi va Tayvan ma’muriyati örtasidagi taranglik kuçaydi, AQŞ vakili 2 avgust kuni keçqurun Osiyo mamlakatlari böylab turnesi doirasida Tayvanga uçib keldi va 3 avgust kuni uni tark etdi. Taşrif davomida Tayvanni Vaşingtonning qöllab-quvvatloviga işontirgan Pelosi 25 yil içida Tayvanga taşrif buyurgan Qöşma Ştatlar Kongressi Vakillar palatasining birinçi spikeri böldi. 
 
Tayvanni öz hududi deb hisoblaydigan Xitoy rasmiylari uning orolga kelişidan oldin ham keskin tanqid qilgan. 4 avgust kuni, Pelosi ketganidan söng Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvanga yaqin hududda avval e’lon qilingan havo va dengiz harbiy maşğulotlarini boşladi. 
 
Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy manyovrlarini öta provokatsion deb atadi. Tayvan qurolli kuçlari orolni örab turgan hududlarda keng miqyosdagi havo va dengiz harbiy maşğulotlar fonida vaziyatni kuzatiş uçun samolyotlar, kemalar va quruqlikdagi raketa tizimlarini jönatdi. 

Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, Xitoyning törtta raketasi Tayvan böğozidagi keng kölamli harbiy maşğulotlar vaqtida Tayvan ustidan uçib ötgan.