AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken, Avstraliya va Yaponiya taşqi işlar vazirlari Penni Vong va Xayaşi Yosimasa AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga yaqinda qilgan taşrifi fonida Xitoyning ballistik raketalar uçirişini qoralab, Xitoyni harbiy maşğulotlarni töxtatişga çaqirişdi. Qöşma bayonot 5 avgust, juma kuni AQŞ Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.
Hujjatga köra, Vaşington, Kanberra va Tokio «Xitoyning xalqaro tinçlik va barqarorlikka jiddiy putur yetkazadigan, jumladan, keng kölamli harbiy maşğulotlar ötkazişi bilan boğliq sönggi harakatlaridan xavotir bildirgan». Xitoy ballistik raketalarni uçirgaç, ulardan beştasi Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonalariga kelib tuşdi, bu esa Hind-Tinç okeani mintaqasida keskinlik va beqarorlikning kuçayişiga olib keldi, deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, uç mamlakat taşqi işlar vazirlari «Tayvan böğozida tinçlik va barqarorlikni saqlaşga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar» va «notöğri pozitsiyadan qoçiş uçun mintaqaning diplomatiyaga intilişini qöllab-quvvatlaşlarini» e’lon qilişdi.
Nensi Pelosi 2 avgust kuni Tayvanga bir kunlik taşrif uçun uçib keldi. U 25 yil içida Pekin mustaqilligini tan olmaydigan va Xitoy provinsiyalaridan biri deb hisoblangan orolga taşrif buyurgan AQŞ Kongressi Vakillar palatasining birinçi spikeri böldi.
Oq uy va Pelosining özi Tayvanga taşrif Vaşington mustaqilligini tan olmaydigan Tayvanga nisbatan AQŞ siyosatining özgarişini anglatmasligini ta’kidladi. Rasmiy Pekin şunga qaramay, bunday taşrifni keskin tanqid qildi va Pelosi ketganidan keyin Xitoy armiyasi orol hududida avval e’lon qilingan havo va dengiz harbiy maşğulotlarini boşladi. Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy manyovrlarini öta provokatsion deb atadi va yerusti raketa tizimlari joylaştirilişini e’lon qildi.
Pekin amerikalik siyosatçi taşrifidan söng Tayvan bilan savdo-sotiqni qisman töxtatdi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi XXR AQŞ bilan iqlim özgarişi, giyohvand moddalarni nazorat qiliş, transmilliy jinoyatçilik, jinoiy işlar böyiça huquqiy yordam va noqonuniy muhojirlarni vataniga qaytariş kabi qator sohalarda hamkorlikni töxtatayotganini ma’lum qildi. Xitoy Pelosining öziga va uning oila a’zolariga «Xitoyning içki işlariga aralaşgani» va «mamlakatning hududiy yaxlitligini» buzganini aytib, sanksiyalar kiritdi.












