Avvaliga Isroil armiyasi Ğazo sektoridagi raketa zarbalari beriş orqali «Islomiy jihod» guruhi qömondonlaridan biri bölgan Taysir al-Jabriy yöq qilinganini xabar qildi. Uni Falastinda Abu Mahmud deb bilişgan. Raketa zarbasi oqibatida kamida 15 kişi halok bölgan, ular orasida al-Jabriyning 5 yoşli qizi ham bölgan.

Köp ötmay «Islomiy jihod» guruhi öz yetakçilaridan bölgan Taysir al-Jabriy halok bölganini tasdiqladi va Isroilga qarşi uruşiş uçun odamlarini töplagani tasvirlangan videolar e’lon qildi. Kadrlarda guruh a’zolari Isroilga qarşi jihod qilişlarini aytişgan.

Falastindan javob zarbasi sifatida Isroil tomonga juda köp raketalar uçirildi. «Islomiy jihod» guruhi birinçi javob tölqinida 100 dan ortiq raketa uçirganini xabar qildi. Isroil tomoni 160 dan ortiq raketa otilgani, ularning 130 tasi Isroil tomonga uçib ötgani, 60 tasi «Temir gubmaz» havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida urib tuşirilganini ma’lum qildi.

Öz qömondoni öldirilişiga javoban falastinliklar guruhi Isroilga 400 dan ortiq raketa uçirgan, ammo ularning katta qismi havo hujumidan mudofaa tizimi orqali töxtatilgan.
Foto: ANADOLU AGENCY

Isroil bunga javoban tezda aviatsiyani işga soldi. Isroil qiruvçi samolyotlari Ğazo sektoridagi «Islomiy jihod» guruhiga tegişli ekani iddao qilingan obektlarga zarbalar berdi. Guruh a’zolari ekani aytilgan odamlarning uylariga ham zarba yöllangani kameralarga tuşib qolgan. Şuningdek, Ğarbiy sohilda Isroil maxsus kuçlari jihodçilar guruhi a’zosi deb 20 kişini qölga olgan.

Isroil birinçi tunda raketa zarbalariga yaxşi turib bergani aytildi, lekin aslida «Temir gubmaz» yetarliça samarali işlamagan, çunki Isroil hududiga uçib ötgan 130 ta raketaning faqat yarmi tösib qolingan, demak qolgan yarmi ötgan. Xususan, Aşkelon şahrining öziga 20 ta raketa tuşgani aytilmoqda, hatto odamlar ziç yaşaydigan kvartallarga ham raketa kelgan. Aşkelondan tarqalgan videolarga qaraganda raketalar keng hududga zarar yetkazmagan, faqat uzoqdan uçib kelgani hisobiga zarb kuçli bölgan. Ya’ni raketalar juda kuçli portlaşlar keltirib çiqarmagan.

Darvoqe, Isroil razvedkasi Ğazodan otilgan raketalarning videosini e’lon qilib, bir detalga e’tibor qaratgan. Unda baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan çiqqan bitta raketa yetarli balandlikka yetib bormay yerga qulagani köringan. Isroil armiyasi bergan ma’lumotga köra, raketa Ğazodagi Jabali şahriga qulagan va oqibatda bolalar halok bölgan.