2022 yil 8 avgust kuni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeBRD), Jahon banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va TBC Bank Group PLC kompaniyasi TBC Bank Uzbekistan’ga (TBC UZ) umumiy miqdorda 35,1 million dollar qöşimça sarmoya kiritdi. TBC Bank Uzbekistan Gruziyaning yirik TBC Bank group PLC holding kompaniyasining şu’ba korxonasi hisoblanadi. TBC Bank Group PLC Angliya va Uelsda röyxatdan ötgan, kompaniyaning aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadi.

Uşbu kapital oşirilişi 2021 yil 30 sentabrda TBC UZ, TBC Bank Group PLC, EBRD va IFC örtasida imzolangan investitsion kelişuv doirasida köp yillik moliyalaştiriş rejasining bir qismi hisoblanadi. Uşbu kelişuvga köra, ikki institutsional investorning (YeTTB va IFC) har biri TBC UZ’da 20 foizdan uluşlarni qölga kiritgan edi.

Ilk badal miqdori 18,8 million AQŞ dollari, ya’ni har bir investor uçun 9,4 million dollarni taşkil qildi. Şu bilan birga, TBC Bank Group PLC 25,9 million dollar investitsiya kiritdi.

Ikkinçi sarmoya doirasida EBRD va IFC har biri $7 milliondan, TBC Bank Group PLC esa $21,1 milliondan jalb qildi. Şunday qilib, TBC UZ’ga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori 79,8 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Investitsion kelişuvga asosan, 2023-2024 yillarda ham kapitalni köpaytiriş rejalaştirilgan.

TBC Bank Özbekistondagi ikki yillik faoliyati davomida yirik ösiş templarini körsatişga erişdi. Bank 2020 yilning aprel oyida litsenziyasini qölga kiritdi va oktabr oyida tijoriy faoliyatini boşladi. Bank TBC Group’ga tegişli va mobil ilova orqali çakana bank xizmatlarini taklif etuvçi “Space” platformasining innovatsion fintech bazasida faoliyat yuritadi. 2022 yilning iyuliga kelib TBC UZ ilovasini 2,4 million kişi yuklab oldi. Ayni payt TBC Bank respublikaning 9 ta şahridagi şou-rumlari va butun mamlakat böylab 33 ta “mijozlarni faollaştiriş nuqtalari” orqali bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

TBC Bank çakana foydalanuvçilarga onlayn-formatda: pul ötkaziş, kredit, avtokredit, depozit, muddatli tölov, bank kartalari va hisobvaraqlar böyiça tölov qiliş kabi xizmatlarni taqdim etadi. Barça imkoniyatlardan TBC UZ ilovasida foydalaniş mumkin.

EBRD, IFC va TBC Bank Group PLC investitsiyalari TBC Bank operatsion faoliyati rivojlanişiga, bank sektorida korporativ boşqaruvning xalqaro standartlarini ilgari surişga yordam beradi va Özbekistonda raqamli moliyaviy bozor mustahkamlanişiga hissa qöşadi.

Yangi investitsiyalar mamlakat bozoriga yaqinda kirib kelgan raqamli bank operatsion faoliyati yanada ösişiga va sektorda korporativ boşqaruv xalqaro standartlarini ilgari surişga turtki böladi.