Toşkent xalqaro aeroportida Istanbul-Toşkent reysi böyiça parvozini yakunlagan yölovçilardan biriga tegişli qöl yuklari közdan keçirilgan. Uning sumkasi içida yölovçi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimlari oğzaki sörovida ma’lum qilinmagan zargarlik buyumlari yaşirilgani foş böldi.

Yölovçi bolasini ötqazgan aravaça çöntagiga ham tilla taqinçoqlarni yaşirgan. Bu şaxs bojxona nazoratiga taqdim qilmasdan turib, jami oğirligi 1 kilogramm 198 grammni taşkil qiluvçi tilladan işlangan zargarlik buyumlarini olib kirişga uringan vaqtda töxtatib qolindi. Mazkur zargarlik buyumlari umumiy qiymati salkam 590 mln sömni taşkil qilmoqda.

Respublika bojxonaçilari tomonidan joriy yil ötgan 7 oyi davomida aniqlangan 177 ta bojxona qonunbuzilişi holatlarida qiymati 24 mlrd 663 mln sömlik, salkam 16 kilogramm oğirlikdagi tilla va zargarlik buyumlari noqonuniy olib ötilişiga çek qöyilgan. Töxtatib qolingan zargarlik buyumlari miqdori ötgan yil şu davriga nisbatan 40 foizga oşgan.

Ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kiriş çeklangan me’yorlariga köra, jismoniy şaxslar respublikaga qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlaridan – 65 grammgaça olib kirişi mumkin.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.