IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabariga köra, mazkur "vizitka" bilan boğliq holat joriy yilda YPX xodimi tomonidan aniqlangan va tegişli tartibda bildirgi orqali ma’lum qilingan.

Xodim bildirgisi asosida tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan 1996 yilda tuğilgan S.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi "b" bandi (Takroran firibgarlik sodir etiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilişiça, suratda aks etgan "vizitka" soxta bölib, IIV JXD YHXX boşliği Olim Saidovga tegişli emas.

“Taşrif qoğozi heç qanday huquqiy ahamiyatga ega emasligini va heç kimga muayyan huquq hamda imtiyoz bermasligini ma’lum qilamiz. Agarda "vizitka" bilan boğliq holatga duç kelsangiz 102 raqamiga yoki IIV JXD YHXXning (71) 267-60-10 raqamiga qönğiroq qilib, xabar berişingizni söraymiz.

Ayrim ijtimoiy tarmoq obunaçilaridan asoslantirilmagan, aniqlik kiritilmagan ma’lumotlarni turli noörin izohlar bilan omma e’tiboriga tarqatmaslikni söraymiz. Şaxs qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş javobgarlikka sabab bölişini eslatib ötamiz”, deyiladi rasmiy xabarda.