Reuters agentligi manbalari xabar berişiça, «Abu-Sifin» çerkovida yakşanba ibodatiga 5 ming nafarga yaqin kişi yiğilgandi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin elektr uzatiş simlarida yuzaga kelgan va uning öçoği ibodatxonaga kiriş qismida bölgan. Natijada binodan çiqiş tösilib qolgan va tiqilinç yuzaga kelgan.
Keyinroq yonğin bartaraf etilgan, hozirça uning kelib çiqiş sababi noma’lum, ammo qöşni çerkov ruhoniylaridan biri «Frans-press» agentligiga aytişiça, binoda qisqa tutaşuv tufayli yonğin yuzaga kelgan. «Elektr ta’minoti uzilgandi va ular generatordan foydalanişayotgandi. Elektr yana qaytganida esa yuklama yuzaga kelgan», degan u.

Guvohlar yonğin boşlaniş çoğini şunday tasvirlaşadi: «Dindorlar uçinçi va törtinçi qavatga yiğilişgandi va biz ikkinçi qavatdan tutun burqsib çiqayotganini kördik. Odamlar zinalar böylab pastga tuşa boşlaşdi va bir-birlarini yiqitib bosib ötişdi. Keyin biz portlaş ovozini eşitdik, uçqun çaqnaganini va derazadan olov çiqayotganini kördik», degan agentlik bilan suhbatda hodisa guvohlaridan biri Yasir Munir. Uning izohlaşiça, bu vaqtda u hamrohi bilan birinçi qavatda bölgan, şu tufayli qoçib qolişga ulgurgan.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy «qurbonlarning oila a’zolariga çin dildan hamdardlik» izhor etgan.
Voqea joyiga fojia sabablarini örganiş uçun prokuratura xodimlari yöllangan.

Giza Nil sohilida joylaşgan va Qohira konglomeratsiyasi tarkibiga kiradi.
103 mln kişi yaşovçi Misrda 10 mln atrofida xristian-qibtiylar istiqomat qiladi. Misr xristianlari tez-tez diskriminatsiyadan şikoyat qiladi, soni köp bölişiga qaramay ularning mamlakat hayotidagi örni bunga mutanosib emas.












