Qirğizistondagi Maslahatlaşuv uçraşuvida imzolangan kelişuv Markaziy Osiyo mintaqasida yangi geosiyosiy vaziyat şakllanganini urğulovçi hujjatdir. Lekin mintaqada öz ta’sirini saqlab qolişni istayotgan xalqaro öyinçilarni ham unutmaslik lozim. Bundan taşqari, insonlar, ğoyalar, tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanişiga yöl oçadigan haqiqiy integratsiyaga yetiş uçun judayam köp iş qilinişi kerak, deydi siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov.

Kun.uz muxbiri sönggi vaqtlarda faollaşayotgan Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi integratsiyaga intiliş jarayonlari, bu boradagi muammo va yeçimlar, uning siyosiy oqibatlari mavzusida siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlaşdi.

— Sizningça, mintaqadagi bu faollaşuvga nimalar turtki bölmoqda: uruş va uning oqibatlarimi yoki boşqa sabablar bormi?

— Hali mintaqada tölaqonli integratsiya haqida gapiriş imkonsiz. Lekin 2016 yildan keyin munosabatlar iliqlaşdi. Rossiya–Ukraina uruşi bu yerda eng katta sabab. Uruş fonida rus siyosatçilari tomonidan ittifoqqa nisbatan ijobiy qaraş yoki qöşnilari bilan munosabatlarning çigallaşuvi kuzatilmoqda. Şu sababli Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy tafakkurida katta fundamental özgariş bölyapti. Unga qadar mintaqa davlatlari örtasida işonçsizlik va raqobat ruhiyati juda kuçli edi. Bugun hamkorlik qilişga mahkummiz va majburmiz degan fikr şakllandi.

Markaziy Osiyo davlatlarida yangi tafakkur şakllanişining birinçi sababi hokimiyatlar almaşinuvi deyişimiz mumkin, xususan Özbekistondagi hokimiyat almaşinuvi.

— Xabaringiz bor, 21 iyul kuni Issiqkölda navbatdagi Maslahatlaşuv uçraşuvi bölib ötdi. Integratsiyani xohlayotgan yoki unga intilayotganlar uçun uçraşuv formati juda sodda emasmi? Masalan, uni muhimroq sammit yoki boşqaça şaklda ötkaziş mumkinmidi?

— Bugungi kunda kun tartibida turgan masala – özaro işonç muhitini şakllantiriş, deb öylayman. Çunki integratsiya uçun avvalo uni anglaş va integratsiyaga imkon beradigan siyosiy va geosiyosiy muhit kerak. Bugun taşqi tahdidlar şakllanib böldi.

Integratsiya uçun alohida taşkilot tuzilmayotgani vaqt masalasi bölsa kerak. Ayni vaqtda taşqi dunyoda mintaqada integratsiya bölişidan manfaatdor bölmagan, uni öz otaliğida uşlaşni xohlaydiganlar bor. Şuning uçun mintaqa davlatlari ehtiyotkorlikda, lekin izçillik bilan integratsiyaga yöl oçadigan qadamlar taşlayapti.