Hujjat loyihasiga köra, haydovçi va haydovçilikka nomzodlarni transport vositalarini boşqarişga yaroqliligini tekşiriş uçun tibbiy körikdan ötkaziş böyiça davlat davolaş-profilaktika muassasalariga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş hamda 2021 yil 1 yanvardan boşlab davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va davlat taşkilotlari tomonidan aholidan, tadbirkorlik sub’yektlaridan qator hujjatlarni talab qiliş bekor qilingan.

Ular orasida tadbirkorlik sub’yekti davlat röyxatidan ötkazilgani töğrisida ma’lumot, litsenziya, ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat va xabarnoma qabul qilingani töğrisida tasdiqnoma, davlat boji, yiğimlar va boşqa tölovlar tölangani, qimmatli qoğozlarga egaligi, kam ta’minlangan oila sifatida röyxatga olingani, alimentlar tölangani va olingani, oliy ma’lumot töğrisidagi diplom, jismoniy şaxs tomonidan örta maxsus, professional ta’lim muassasasi tugatilgani, jismoniy şaxs tomonidan umumiy örta ta’lim muassasasi tugatilgani, fuqaro «Yoşlar daftari» yoki «Ayollar daftari»da mavjudligi, özini özi band qilgan şaxslar töğrisida ma’lumot, OTMga öqişga kiriş uçun imtiyozga ega bölgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovçi hujjat kabilar bor.

Qaror loyihasi bilan uşbu huquqlar xususiy tibbiy taşkilotlarga ham berilmoqda.

2021 yil 1 iyundan boşlab davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat taşkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, tadbirkorlik sub’yektlaridan ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi va narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi böyiça hujjat talab qiliş bekor qilingan.

Vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi nizomga asosan qonun hujjatlari özgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat röyxatidan ötkazilgan öz normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlaştirişi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat röyxatidan ötkaziş uçun tegişli özgartiriş va qöşimçalarni Adliya vazirligiga taqdim etilişi lozimligi körsatilgan.