Rimni zabt etiş heç qaçon oson bölmagan. Bir paytlar «Roma»ning sobiq boş murabbiyi Rudi Garsiya şaharda faqat uçta qirol bölganini aytgan edi: Rim papasi, mafiya va Françesko Totti. Joze Mourino esa törtinçi böliş uçun barça imkoniyatlarga ega.

Bir yil davomida u şaharning qizil yarmini aqldan ozdirdi, deb yozmoqda Goal naşri. Uning A Seriyadagi ilk mavsumi hakamlar va raqiblarga bir qator jirkanç hujumlar uyuştirgani, «Roma»ning maydondagi taraqqiyoti, Yevropadagi ilk kubogi bilan yodda qoldi.

Balki bu endigina taşkil etilgan Konferensiyalar Ligasi deyiş mumkin. Lekin bu Mourino uçun juda köp narsani anglatardi – u yarimfinalda «Lester» ustidan ğalaba qozongaç, közyoşlarini tiyib turolmadi. Finaldagi ğalabani esa yangi tatuirovka bilan nişonladi.