Saudiya Arabistoni qirolligi valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon muqaddas Ka’batullohning içini yuvib çiqdi. 37 yoşli şahzoda marosimda otasi qirol Salmon ibn Abdul Aziz Ol Saud örniga iştirok etdi.

Foto: twitter.com

Muhammad ibn Salmon yuviş marosimini boşlaşdan avval Ka’bani tavof qildi. Avval Ka’ba oldida, keyin içida namoz öqidi. Şundan söng hamrohlari sport vaziri Abdulaziz ibn Turkiy al Faysal va Ikki muqaddas masjid işlari böyiça raislik rahbari Şayx Abdurahmon Sudais bilan islom olamining qiblasi bölmiş Ka’batullohni yuvib çiqdi.

Odatda Ka’baning içini Saudiya qiroli va uning ikki vakili yuvib çiqişadi. Bu gal qirol örniga valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon qatnaşdi. Undan keyin marosimda Saudiyadagi musulmon davlatlari vakillari ham iştirok etgani aytildi.

Foto: twitter.com
Foto: twitter.com

Ma’lumot uçun, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun kunning birinçi yarmida Saudiyaga jönab ketdi.