Agar Germaniya noyabrgaça gaz omborlarini 95 foizga töldira olsa, Rossiyadan gaz yetkazilişi töliq töxtatilgan taqdirda omborlardagi gaz isitiş va sanoat iste’moli uçun ikki yarim oyga yetadi. Bu haqda tarmoqlar böyiça federal agentlik rahbari Klaus Myuller ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, hozirda omborlar 77 foizga tölgan.
"Biz omborlarni avvalgiga qaraganda tezroq töldiryapmiz, ammo bu böşaşişimizni bildirmaydi. Aksinça, buni turtki deb tuşuniş kerak", - dedi Myuller.
Myullerning ogohlantirişiça, kuz salqin kelişi va gaz yetkazib berişda uzilişlar bölişi ehtimoli hisobga olinsa, omborlarni oktyabrgaça 85 foizga töldiriş rejasini amalga oşiriş qiyin bölişi mumkin.
Uning sözlariga köra, omborlarni noyabrga borib 95 foizga töldiriş ham "amrimahol", çunki ayrim omborlarni töldiriş uçun köproq vaqt talab qilinadi.
Hozirda Rossiyadan Germaniyaga "Şimoliy oqim" gaz quvuri orqali gaz yetkazib beriş töliq quvvatning 20 foizini taşkil etmoqda.
Rasmiy Berlin gaz yetkazişning qisqartirilişini Moskvaning şantaji deb atamoqda.
Oktyabrdan boşlab Germaniyadagi barça iste’molçilar har bir kvt/s gaz uçun 2,419 sent miqdorida ustama tölaydi.











