16:26 / 17.08.2022
4682

Toshkentda YTHga uchragan «Zil» yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Yunusobod tumani THAY ko‘chasida yuk mashinasi va “Nexia-3” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

2022 yil 17 avgust kuni soat 13:30 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani THAY ko‘chasida YTH yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi “Zil” rusumli yuk mashinasi va 1995 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Nexia-3”  rusumli avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 
 
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Top