«Kel, Osiyoda turnir ötkazib kör-çi?» - OFK mutaxassisi Avaz Berdiqulov bilan katta intervyu
|23:05 / 18.08.202227 38411 min
OFK işlaydigan kam sonli özbekistonliklardan biri bilan Osiyo futbolidagi turli mavzularda atrofliça suhbatlaşdik.
Avaz Berdiqulov Musurmonquloviç haqida
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) musobaqalarni ötkaziş boşqarmasi futbol tadbirlari bölimi rahbari
2008 yildan beri OFKda (Kuala Lumpur, Malayziya) faoliyat olib boradi.
2001-2004 va 2006-2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi «Jahon» axborot agentligida, 2004-2006 yillarda Şanhay hamkorligi taşkiloti kotibiyatida (Pekin, Xitoy) işlagan.
1999 yil ÖzMUning özbek filologiyasi fakultetini, 2001 yil Angliyaning Bornmut universitetida multimediya jurnalistika sohasida magistraturani tamomlagan. Xitoyning Pekin çet tillar universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya fakulteti doktoranti.
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
— Osiyo Kubogi-2023ga tayyorgarlik va turnirga mezbon topiş masalasi qanday ketmoqda?
— Hozirda OFK oldida turgan asosiy iş — 2023 yilgi Osiyo Kubogini qayerda ötkaziş. Xitoy koronavirus xavfi sabab mezbonlikdan voz keçdi. Alternativ qidirdik. Qit’a çempionatiga yöllanma qölga kiritgan jamoalardan tanlaşimiz kerak edi, çunki çiqa olmagan jamoaga yana bir böş örin yöq.
4 mamlakat qiziqiş bildirdi — Janubiy Koreya, Indoneziya, Qatar va Avstraliya. Turnirni ötkazişga 2023 yil yozi va 2024 yil yanvar variantlari bor. Agar Qatar yoki Avstraliya mezbonlikni qölga kiritsa, qişda ötkazamiz. Qolgan ikki mamlakat esa yozda qabul qila oladi. 17 oktyabrda Kuala-Lumpurda ijroiya qömitamizning navbatdagi yiğilişi ötkaziladi va öşa kuni mezbonni e’lon qilamiz.
Özbekiston? Mezbonlikka qiziqiş bildirişmadi. 4-5 yil avval nomzodlar qatorida bor edi, ammo talablarimizni qöyganimizdan söng keyinroq arizani qaytarib olişdi.
— Toşkentda ötgan Osiyo Kubogi U-23da biz körmagan yana qanday kamçiliklar kuzatildi?
— Har bir turnirda muammolar böladi. Ayrim jamoalar natijaga erişa olmay, aybni taşkilotçilikdan izlaydi.
Bu pandemiyadan keyin ötkazgan eng yirik musobaqamiz böldi. Tibbiyot tomonlama köp işlaşga töğri keldi. Bir qança futbolçilarda koronavirus aniqlandi, ularning örniga boşqa öyinçilarni çaqiriş imkonini berdik. ÖFA yangi keladigan futbolçilarga tezkor ravişda viza tayyorlab berdi.
Mavzuga oid
Musobaqani iyunda, ya’ni issiqda ötkazdik. Kuzda ötkaza olmasdik, çunki u paytda hali Osiyo öyinlari bekor qilinmagandi. Mayda esa FIFA kunlari bor edi, milliy jamoalar safida 23 yoşgaça bölgan yigitlar ham öynaşi mumkinligi inobatga olindi.
Bu musobaqa aslida Xitoyda ötişi kerak edi, lekin ularda pandemiya tugamadi va şoşilinç tarzda mezbonlikni Özbekistonga berdik.
Toşböron voqeasi (1/4 finalda Özbekiston va Iroq örtasidagi bahsda muxlislar hakam va operatorlarga toş otişdi). Aslida «Paxtakor» stadioni turnirga tayyor emas edi. Lekin aytganimdek, mezbon topişga köp vaqtimiz bölmadi.
Öşanda stadionda yetarliça xavfsizlik xodimlari bor edi. Protokolda stadionda toş bölişi kerak emasligi haqida yozilgan, ammo toş otilayotganda xodimlar nima qilişi lozimligi kiritilmagan. Bu voqea OFKga ham dars böldi.
Toşböron voqeasi özbekistonlik futbolçilarga foyda böldi, deb öylayman. Ba’zida sun’iy bölsa-da, öyinçilarning şaştini qözğatiş kerak böladi. Fikrimça, toşböron bölmaganda futbolçilarimiz jasorat körsata olişmasdi, ğalabani Iroq olib ketardi.
— OFK mezbonlikni berayotganida qaysi mamlakatlardan köngli töq böladi?
— Turnir yakunlanmaguniça bunday bölmaydi, çunki hamma mamlakatning öziga yaraşa muammosi böladi.
Biz iloji boriça musobaqalarni mezbonlik berilmagan mamlakatlarda ötkazişga harakat qilamiz. Masalan, Qatar doim istalgan musobaqani qabul qilişga rozi. Lekin faqat oson yölni tanlamay, futbol geografiyamizni kengaytirişimiz kerak. Örtalikni topiş qiyin. Jamoalarga safar öyinlari uçun 20 ming dollardan berardik. Yaponiya «bizga 50 mingdan beringlar, reyslar qimmat» derdi.
OFKni UYeFA bilan taqqoslab, köp tanqid qilişadi. Öqib turaman. Yevropada hammasi tartibli, deyişadi. Keyin aytaman: «Kel, Osiyoda musobaqa ötkazib kör», deyman. Oddiy misol — viza masalasi. Yevropada bir davlatdan ikkinçisiga bemalol ötasiz. Özbekistondan Tojikistonga boriş uçun viza qilişimizga töğri kelardi. Yana til, madaniyat va din borasida tösiqlar bor. Arablar «Ramazonda öynaymizmi?» deyişardi. Saudiya haj vaqtida turnir ötkazmaymiz desa, Xitoy yangi yilda mamlakat yopiq bölişini aytadi.
Futbol, umuman, sport kerakligi uçun harakat qilamiz. Rahmatli Mirabror Usmonov (ÖFA sobiq prezidenti) bilan tez-tez gaplaşib turardim. Şunday degandilar: «Biz nimaga futbolga köp pul sarflaymiz? Çunki odamlar uni körib, içidagi bor negativini çiqarib yuboradi va ertasiga işiga borib, yaxşiroq işlaydi va samarali natija körsatadi. Nega Server Jeparovga köp maoş beramiz? Yoşlar futbolçilarga ergaşadi, men ham Jeparovdek maşina minaman, deb harakat qiladi, sport bilan şuğullanadi. Soğlom avlodni tarbiyalaş uçun futbolçilarga köp pul beramiz».
Öylab körsam, Mirabror akaning gaplari juda töğri. Özbekistonda futbol nafaqat birinçi, kerak bölsa, ikkinçi va uçinçi darajali sport turi ham. Törtinçi örinda boşqasi turişi mumkin.
Osiyoda, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyada futbol birinçi raqamli sport turi emas. Lekin öşa mamlakatlar şunda ham bizdan yaxşi natijalar körsatişadi.
— Nega hozirgaça Bruney, Nepal, Kambodja va Ummon kabi mamlakatlarda musobaqa ötkazilmaydi?
— Qiziqiş bildirişmaydi. Majburlay olmaymiz. Masalan, Bruney — juda kiçik davlat. Içki çempionati ham yöq. Bir klubi bor, Singapur çempionatida iştirok etadi.
Kambodjada kiçik turnirlar ötkazganmiz. Katta stadioni bor. Sönggi paytlarda rivojlaniş körinmoqda. Bunda Janubiy Koreya kompaniyalarining örni katta. Klublari tez orada OFK Kubogida yaxşi natijalar körsata boşlasa, ajablanmayman.
— «Söğdiyona» OFK Kubogida keyingi bosqiçga çiqsa, Jizzaxdagi stadionda öynay oladimi? Talabga javob beradimi?
— «Paxtakor»ga (2:2) qarşi öyinda borib kördim. Şunçaki mehmon sifatida bordim. Mayda detallarga e’tibor bermadim, lekin «masalliq» bor. Şahar markazida joylaşgan, çiroyli. Birinçi taassurotlar ajoyib.
Agar klub «Xöjand» tösiğidan ötsa (intervyu 7 avgust kuni bölgan), şaroitlarni örganiş uçun nazoratçilarni yuboramiz. Talabga javob bersa, jamoa keyingi bosqiçdagi barça öyinlarni uyda ötkazadi.
— Avvallari «bugun OÇLda öyin bor, men işlayman» desam, «Iya, haliyam tugamadimi?» deyişardi. Çunki özbek klubi çiqib ketgaç, turnirga qiziqiş yöqoladi. Endi tasavvur qiling, şu narsa butun Şarq va Ğarbda bölsa. Çorakfinaldayoq Ğarb jamoalari qolmasa, Osiyoning katta qismiga musobaqaning davomi qiziq bölmaydi. Bunda homiylar ham katta yöqotişga uçraydi, biz ham.
Şu örinda bir yangilikni aytib ketsam: OÇL formatini özgartirmoqçimiz. OÇLda yuqorida turadigan «Elit liga» yaratiş ustida işlayapmiz. 2024 yildan amalga oşişi mumkin. Homiylar topdik. Unda eng kuçli 20 jamoa yil davomida bir-biri bilan öynaydi. Özbekiston klublari iştirok etadimi yoki yöq, bilmayman. Badal va mukofot puli juda katta qyimatga ega böladi. Maqsadimiz — OÇL darajasini YeÇLga yaqinlaştiriş. Hatto legionerlar çeklovini ham olib taşlamoqçimiz.
— Eron va Saudiyaning manaman degan klublari vaqti kelsa, litsenziya ololmayapti. Lekin bizning qançadan-qança klublarimizga berilyapti. Bunda nimaga qaraladi?
— 47 mamlakat bilan işlaymiz. Barçani öylagan holda minimum talablar qöyamiz. Özbekiston yoki boşqa davlat klublariga OFK litsenziya bermaydi. OFK talablari asosida mamlakatning özi beradi. Agar biror klubning qarzlari borligi haqida ma’lumot kelsa, keyin biz litsenziyani bekor qiliş huquqiga egamiz.
— Falastin, Iroq, Suriya va Afğoniston qanday nuqtalar ekanligini bilamiz. OFK şunday mamlakatlarga kirib borişga harakat qiladimi?
— Xohlaymiz. Yamanga borib keldik yaqinda. Mamlakat tez orada futbolga oçilişi mumkin. Iroqda allaqaçon musobaqalar ötkazyapmiz. Falastinda heç qanday çeklov yöq. Pandemiya sababli JÇ-2022 saralaşini öz maydonida ötkaza olmadi.
Şu örinda FIFAning çeklovlari ham bor. Hamon Afğoniston, Yaman va Suriyada futbol öyinlari ötkazişga ruxsat yöq. Iroqdan taqiqni olişga erişik, tez orada Yaman ham «yeçiladi».
— Xitoy va Xitoy Taypeyi. Mojarolar kuzatilmoqda. Qur’ada şunday mamlakatlar klublari bir-biriga töqnaş kelmasligiga e’tibor beriladimi?
— Rasman taqiq bölsa, albatta. Hozirça bu borada çeklov yöq. Hatto JÇ saralaşida Xitoy va Gonkong bir guruhda öynaşdi.
Çeklov bölganda aksini qildik. Masalan, ma’lum muddat Saudiya va Eron klublari özaro öyinlarni neytral maydonda ötkazişdi.
— Qatardagi JÇda işlaysiz. Vazifalaringiz haqida ma’lumot bersangiz.
— FIFA xalqaro musobaqa ötkazganda, konfederatsiyalardan xodimlar çaqiradi. Meni ham taklif etişdi. 8ta stadiondan biri — «Al Janub»da işlayman.
Jamoalarning stadionga kelib, öyinni heç qanday muammosiz ötkazib ketişlariga javobgarman. Ularni kutib olaman, faqat men gaplaşaman, boşqa heç kim bezovta qilmaydi. Birinçi öyinim Fransiya iştirokidagi bahs böladi. Jamoalarda qanday savol bölsa, menga murojaat qilişadi. FIFAning öşa stadiondagi eng katta vakili sifatida öyinni ötkazişga javob beraman.
Hakamlar bilan töğridan töğri aloqada bölaman. Törtinçi hakam bilan birga ötiraman. Qaysidir jamoa keçiksa, irqçilik kuzatilsa yoki boşqa qandaydir sabab bilan bahsni töxtatiş kerak bölsa, mendan söraşadi.
— Siz va Sanjar Rizayev OFKda işlaysizlar. Özbekistonga kelganingizda, davomçilaringizni körganmisiz? Ya’ni bizdan yana kimlar OFKda işlay olişi mumkin?
— Hozir rasman 3 kişimiz. 5 avgustdan Ahmad Tillayev ham iş boşladi. Til bilgan istalgan kişi işlaşi mumkin. OFK — tizimli taşkilot. Biz murvatlarmiz. Men daho bölganim uçun u yerda emasman. Şunçaki töğri vaqtda töğri joyda bölib qoldim.
Osiyo Kubogi U-23da kördim. ÖFAdagi köp xodimlarimiz OFK vakillari bilan inglizçada bemalol gaplaşişmoqda. Demak, xalqaro taşkilotlarda işlaş katta muammo emas.