Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yo‘lovchi 62 yoshli haydovchini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi
Yo‘lovchi avval bir necha bor sudlangan bo‘lib, probatsiya nazoratida bo‘lgan va jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan.
Ma’lum qilinishicha, Boyovut tumanida tug‘ilgan 32 yoshli shaxs Guliston shahrida joylashgan avtobekatda Guliston—Do‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi kutib turgan 62 yoshli haydovchi bilan 140 ming so‘m evaziga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga eltib qo‘yishini kelishgan.
Mashina Xovos shaharchasiga yetganida, yo‘lovchi haydovchiga oila a’zolarini ham olish kerakligini aytgan. Haydovchi yo‘nalishni o‘zgartirib, dastlab Boyovut tumani markaziga, shundan so‘ng Guliston tumani Yulduz mahallasiga, yo‘lovchining uyiga kelgan.
Yo‘lovchi shu yerda yo‘lkira haqini bermaslik maqsadida haydovchi bilan tortishib qolgan va haydovchini urgan. So‘ng bo‘ynidan arqon bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.
Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, ayblanuvchi probatsiya guruhida ro‘yxatda turib, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sirdaryo viloyati prokuraturasi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzax viloyatida yashovchi ikki o‘smir Spark haydovchisini bo‘g‘ib o‘ldirib, mashinani yoqib yuborgandi.
Mavzuga oid
10:24
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
17:35 / 15.05.2026