Rossiyada mart oyi örtalaridan beri birinçi marta yangi koronavirus infeksiyasining kunlik ösişi 40 mingdan oşdi, deb xabar berdi federal tezkor ştab 20 avgust, şanba kuni Telegram kanalida. «20 avgust holatiga köra, RFda COVID-19 bilan kasallanişning 40 010 ta yangi holati aniqlandi. Bir sutkada kasalxonaga yotqizilganlar soni 3 450 kişini taşkil etdi va oldingi kunga nisbatan 3 foizga oşdi», deyiladi xabarda. 

Rossiyada avvalgi kun 37 609 kişi kasallangan bölsa, yangi kasallanganlar soni 2 401 taga köpaygan. 14 mart kuni ham xuddi şunday körsatkiçlar (kuniga 41 055 ta) qayd etilgan edi, öşanda koronavirusning tarqalişi pasayib borayotgan edi, hozir esa u kötarilyapti.

Operativ ştab xabarida, şuningdek, sönggi 24 soat içida RFning 42 ta sub’yektida kasalxonaga yotqizilganlar soni köpayişi, 39 ta mintaqada kamayişi qayd etilgani, RF törtta sub’yektida vaziyat özgarişsiz qolgani ta’kidlangan. Ölim darajasi böyiça holat quyidagiça - ötgan sutkada yana 69 kişi koviddan vafot etdi. Bu koronavirus infeksiyasidan 533 kişi vafot etgan 14 martga nisbatan ança past. 

Pandemiya davrida Rossiyada jami 19 038 665 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan va 383 496 kişi vafot etgan. 

Iyul oyidan beri Rossiyada COVID-19 bilan kasallaniş darajasi oşgan. Avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ösiş koronavirusning yangi, yanada yuqumli variantlari paydo bölişi fonida sodir bölayotganini aytgandi. Idora buni yuqori yuqumliligi bilan ajralib turadigan «omikron» VA.4 va VA.5 yangi variantlarining ştamm tarkibida ortişi bilan izohladi. 

Rospotrebnadzorning ta’kidlaşiça, yangi subvariantlar oğir holatlar va kasalxonaga yotqiziş soni sezilarli darajada oşişiga olib kelişi dargumon, şuning uçun federal darajada koronavirus çeklovlarini qaytarişning hojati yöq. Şu bilan birga, 16 avgust kuni idoraning xabar berişiça, kasallaniş köpayganligi sababli hududlarga jamoat joylari va transportda niqob taqiş tartibini joriy etiş böyiça tavsiyanoma yuborilgan. Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko fuqarolarni yana bir bor koronavirusga qarşi emlanişga çaqirdi.