DXX taşabbusi bilan 2021 yilda ilk bor respublikaning barça tuman, şahar va viloyatlari kesimida uyuşmagan, işsiz hamda kam ta’minlangan yoşlar örtasida sportning mini-futbol turi böyiça DXX Raisi kubogi musobaqalari taşkil etilgandi. Unda 7779 ta jamoa kubok uçun kuraşgandi. 2022 yilda esa turnirga katta futbol ham qöşildi va iştirokçi jamoalar soni 18629taga yetdi (mini-futbol – 9348ta va futbol 9281ta). Jami 241976 nafar yoşlar qamrab olindi.
Musobaqaning tuman va viloyat bosqiçlari yakunlanib, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va har bir viloyatning ğolib jamoalari final bosqiçiga yöl olgan. 21 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida turnirning hal qiluvçi bosqiçiga qur’a taşlaş marosimi bölib ötdi.


Futbol böyiça final bosqiçi qur’asi
A guruhi
- Paxta (Toşkent şahri)
- Yuksaliş (Farğona)
- Döstlik (Toşkent viloyati)
- Şodxurram (Xorazm)
V guruhi
- Keskanyor (Namangan)
- Turon (Jizzax)
- Tasmaçi (Navoiy)
S guruhi
- Beşterak (Qaşqadaryo)
- Poloson (Andijon)
- Elabad (Qoraqalpoğiston)
D guruhi
- Boğiston (Sirdaryo)
- Çangal 1 (Samarqand)
- Anorzor (Surxondaryo)
- Nurobod (Buxoro)













