Turkiyada 2023 yil iyun örtalariga belgilangan prezidentlik saylovlari 2022 yilning kuziga köçirilişi mumkin, deb xabar berdi Welt am Sonntag gazetasi 21 avgust, yakşanba kuni Yevropa taşqi harakatlar xizmati (YeTHX) va YeI diplomatlari örtasidagi manbalarga tayanib. 

Naşrning yozişiça, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan saylovlarni muddatidan oldin ötkazmoqçiligi va ularning taşkil etilişi «juda tez sodir bölişi» haqida ba’zi alomatlar bor. 

Erdöğanning bölajak saylovlarga tayyorgarligini körsatuvçi belgilar orasida diplomatlar Turkiya prezidentining xalqaro siyosatdagi faolligi - uning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davrida ğarb davlatlari va Rossiya örtasida faol vositaçilik qilgani, Suriya yönalişidagi faollaşuvi va Turkiyaning Örta Yer dengizida gaz qazib oliş dasturi qayta boşlanganini tilga olgan. 9 avgust kuni «Abdulhamid Xon» kemasi Mersin portidan jönab ketdi, u Örta Yer dengizi şarqiy qismidagi konlarni örganadi. Bundan taşqari, avgust oyi örtalarida Erdöğan şaxsan Ukrainaga taşrif buyurib, u yerda prezident Volodimir Zelenskiy va BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi. 

Naşr manbalarining ta’kidlaşiça, bu harakatlar barçasi Turkiya rahbarining saylov kampaniyasi boşlanişidan oldin kuçini körsatişga qaratilgan va Erdöğan Turkiya iqtisodiyotidagi qisqa muddatli tiklanişdan söng mamlakatda jamoatçilik kayfiyatining kötarilganini özi uçun qulay vaziyatda saylov ötkaziş uçun sabab sifatida körişi mumkin.

Turkiyada 2022 yil iyul oyida yillik inflatsiya 79,6 foizga kötarildi, bu - 1998 yildan beri eng yuqori körsatkiç, narxlar esa bir oy içida 2,37 foizga oşdi. Uşbu raqamlar mamlakatda bir neça yillardan beri davom etayotgan valuta va iqtisodiy inqirozning navbatdagi bosqiçi natijalaridir. 

Tahlilçilar uning sabablaridan biri sifatida Erdöğan tomonidan 2018 yilda boşlangan iqtisodiy ösişni oşiriş uçun foiz stavkalarini pasaytiriş siyosatini körsatmoqda. Bu Markaziy bank rahbarining maslahatiga qarşi amalga oşirildi, natijada lira rekord darajada pastga tuşib ketdi hamda materiallar va energiya importiga qaram bölgan mamlakatda xarajatlar qiymati oşdi.

2021 yil kuzida mamlakatda inflatsiya yanada kuçaydi – mamlakat Markaziy banki stavkani 14 foizga tuşirgaç, lira keskin tuşib ketdi. 2022 yilda esa Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz va lira kursining pasayişda davom etişi narxlar oşişiga turtki berdi. Valuta 2021 yilda dollarga nisbatan 44 foizga, joriy yilda esa yana 27 foizga pasaygan.