AQŞ Davlat departamenti Ukrainadagi amerikaliklarni RF qöşinlari tomonidan fuqarolik infratuzilmasini öqqa tutiş xavfi tufayli bu mamlakatni tark etişga çaqirdi. «Davlat departamenti Rossiya yaqin kunlarda Ukraina fuqarolik infratuzilmasi va davlat obektlariga zarba beriş sa’y-harakatlarini kuçaytirayotgani haqida ma’lumotga ega. Rossiyaning Ukrainadagi zarbalari tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga doimiy tahdid solmoqda. AQŞ elçixonasi AQŞ fuqarolarini Ukrainani tark etişga çaqiradi, ular buni hozir, agar xavfsiz bölsa, şaxsiy yerusti transport vositalaridan foydalangan holda qilişlari darkor», — deyiladi 23 avgust, seşanba kuni AQŞning Ukrainadagi elçixonasi saytida e’lon qilingan bayonotda.
Bundan taşqari, AQŞ taşqi siyosat idorasi hujum sodir bölgan taqdirda bir qator tavsiyalarni e’lon qildi. «Agar siz kuçli portlaş yoki sirena ovozini eşitsangiz, darhol boşpana qidiring. Agar uyda yoki binoda bölsangiz, taşqi devorlari, derazalari eng kam bölgan eng past darajaga öting; barça eşiklarni yoping va içki devor yaqinida, derazalardan uzoqroqda ötiring», - deya yozilgan hujjatda.
Davlat departamenti, şuningdek, «Ukraina böylab xavfsizlikka doir öta beqaror vaziyat»ga e’tibor qaratdi, u «ogohlantirişlarsiz ham yomonlaşişi mumkin». Idora AQŞ fuqarolarini «huşyor bölişga va xavfsizlik böyiça xabardorlikni ta’minlaş uçun zarur çoralarni körişga» çaqirdi.
Avvalroq Reuters agentligi va The New York Times gazetasi AQŞ Rossiyaning yaqin vaqt içida Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasi va davlat obektlariga yangi zarbalar beriş rejalari haqida razvedka ma’lumotlariga ega ekanini ma’lum qilgandi. «Biz Rossiya yaqin kunlarda Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasi va davlat muassasalariga zarba beriş sa’y-harakatlarini faollaştirişi haqida ma’lumotlarga egamiz. RFning Ukrainada qilgan işlarini hisobga olsak, Rossiya zarbalari tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid solayotganidan xavotirdamiz», — deya ma’lum qildi Amerika hukumati rasmiysi.
AQŞ ma’muriyati uşbu ma’lumotni iloji boriça kengroq auditoriyaga yetkaziş uçun Amerika razvedka xizmatlarining ogohlantirişini oşkor qilganini ta’kidladi.
23 avgustda Ukrainada Davlat bayroği kuni, 24 avgustda esa Mustaqillik kuni nişonlanadi. Ukraina Mustaqilligi kunida RFning ehtimoliy provokatsiyalari haqida 22 avgust kuni prezident Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, u bir qança dunyo yetakçilarini, xususan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni ogohlantirgan. Zelenskiyning ta’kidlaşiça, u xabardor qilgan rahbarlar «bosqinçilar nima qilayotganini va bu nima bilan tahdid solayotganini tuşundi, ular Ukraina bunga toqat qilmasligini biladi».













