Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş masalalari körib çiqildi. 

Joriy yil iyun oyida ötkazilgan oliy darajadagi uçraşuvlar yakunida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişdagi yutuqlar qayd etildi.

Davlat rahbarlari amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş lozim ekanini ta’kidladi. Kelgusi kuzda ikki mamlakat hududlari forumi va sanoat salohiyati körgazmasini ötkaziş muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almaşildi. Bölajak köp tomonlama uçraşuvlar, şu jumladan Samarqand şahridagi Şanhay hamkorlik taşkiloti va Turkiy davlatlar taşkiloti sammitlari rejasi va kun tartibi körib çiqildi.