
Prezident Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Samarqand viloyatida bölib turibdi. Davlat rahbari 24 avgust kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo öqildi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, ziyoratgoh qayta qurilmoqda, maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda. Prezident uşbu bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi.
“Bu loyihani köp muhokama qildik, qayta-qayta kelib kördik. Endi qurilişda ham şoşmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma şaroit bölişi zarur”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari majmua yonida Imom Buxoriy hayotini körsatuvçi elektron muzey taşkil etiş taklifini bildirdi.

“Yaqinda Madina şahrida bölganimizda payğambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini kördik. Bu yerda ham şunga öxşaş muzey taşkil etsak, yaxşi bölar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yöli, öşa davr tarixi axborot texnologiyalari orqali körsatiladi. Bular yoşlar, çet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimizga yana bir ma’naviy xazina böladi”, – dedi davlat rahbari.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Quriliş vazirligiga bu borada loyiha tayyorlaş topşirildi.

Şavkat Mirziyoyev Hazrati Xizr majmuasiga borib, birinçi prezident Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.











