Ispaniya parlamenti 25 avgust, payşanba kuni mamlakatda avvalroq muhokamalarga sabab bölgan «Tejamkorlik va energiyani boşqariş böyiça dolzarb reja»ni tasdiqladi. Qirollik farmoniga köra, energiya tejaş böyiça çora-tadbirlar 10 avgustdan boşlab işlay boşladi, biroq ularni amalga oşirişni davom ettiriş uçun hujjat parlament tomonidan tasdiqlanişi kerak edi.

Natijada 187 nafar deputat rejani yoqlab, 161 nafari qarşi ovoz berdi. Yangi çora-tadbirlarga qarşi çiqqan hududlarning noroziligini inobatga olib, hukumat biroz yon bosdi. Şu tariqa, qonun loyihasi çora-tadbirlar töplamiga özgartirişlar kiritiş imkoniyatini nazarda tutadi.

Uşbu çora-tadbirlar ma’muriy binolar, vokzallar, aeroportlar, barlar, restoranlar, mehmonxonalar, savdo, madaniyat va köngiloçar muassasalarga tegişli. Ularda belgilanişiça, yozda barça sanab ötilgan muassasalarda havoni 27 darajadan, mehmonxonalarda 25 darajadan pastroq sovitiş mumkin emas. Şaharlarda arxitektura yodgorliklarini tungi yoritiş taqiqlanadi. Uşbu talablarga rioya qilmaganlik uçun 60 ming yevrodan 100 million yevrogaça jarima közda tutilgan.

2023 yilning noyabrigaça hisoblangan reja «Ispaniyaga Ukrainadagi mojaro natijasida yuzaga kelgan energiya bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş böyiça Yevropa ittifoqi hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarişga imkon beradi», — dedi boş vazir örinbosari Tereza Ribera. Şu tariqa Ispaniya energiya sarfini 7 foizga qisqartirişni rejalaştirmoqda.