Prezident Qoraqalpoğiston Jöqorği Kenges raisligiga nomzod Amanbay Orinbayevning taqdimotidagi takliflarni qöllab-quvvatlab, ular yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpoğistonda qöşimça imtiyoz va yengilliklar beriş böyiça aniq topşiriqlar berdi.

Jumladan, Qoraqalpoğistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida:

  • hudud uçun foyda soliği stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tuşiriş;
  • aylanma soliq stavkasini Nukus şahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytiriş;
  • mol-mulk va yer soliği stavkalarini 2 baravarga kamaytiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.

Bundan taşqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uçun rejadagi 650 milliard sömga qöşimça ravişda 200 milliard söm ajratiladi.

Agrar sohadagi masalalarni hal qiliş böyiça:

  • yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va ğalla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berişni yölga qöyiş;
  • ekin ekiş xarajatlari uçun fermerlarga 200 milliard söm va dehqonlarga 50 milliard söm ajratiş;
  • suv ta’minotini yaxşilaş maqsadida har bir quduqni burğilaş va işga tuşiriş uçun 15 million sömgaça subsidiya ajratiş va boşqa moliyaviy kömak böyiça topşiriqlar berildi.