Qoraqalpoğistonda Investorlarga kömak markazi taşkil etiladi. Unda qoraqalpoğistonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini işlab çiqiş, subsidiya, kredit va kompensatsiya oliş, mahsulotiga bozor topişga kömaklaşiş böyiça bepul xizmatlar körsatiladi.
Investorlarga kömak markazi qoşida Nukus şahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparki taşkil etiladi.
Kegeyli va Xöjayli tumanlarida Yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalari taşkil qilinadi.
Şuningdek, beş yil muddatga faqat Qoraqalpoğiston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini işlab çiqariş uçun sotib olingan xomaşyolarni, mamlakat böylab taşişda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab beriş tizimini yölga qöyiş va boşqa topşiriqlar berildi.
Davlat rahbari Qoraözakda mis işlab çiqariş, Qönğirotda yangi kaustik soda va boşqa kimyoviy moddalar işlab çiqariş zavodlarini quriş kabi yirik loyihalarni qöllab-quvvatladi.













