18:55 / 27.08.2022
11206

UzAuto Ozarboyjon bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

2022 yilning 26 avgustida Ozarboyjonning Boku shahrida «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi Shavkat Umrzoqov, Ozarboyjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Somed Basherli hamda «GM International» global xaridlar va ta’minot zanjiri vitse-prezidenti Jonni Soldana o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: UzAuto

Kun tartibida avtomobilsozlik sohasidagi O‘zbekiston-Ozarboyjon hamkorligining bugungi kundagi holati va uni keyinchalik yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlarning chiqishlarida O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqotga asoslangan do‘stona va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dinamikasiga yuqori baho berildi. Joriy yil iyun oyida Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga Davlat tashrifi davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki bergani alohida qayd etildi.

Foto: UzAuto

Xususan, Ozarboyjonda avtomobillarning chuqur lokalizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha «O‘zavtosanoat» AJ va Ozarboyjon Respublikasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari Assotsiatsiyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Ozarboyjonda UzAuto avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tomonlarning muvaffaqiyatli hamkorligi natijasida joriy yilda ishlab chiqarish hajmi 12 baravar oshdi. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tabiiyki chuqur lokalizatsiya bilan zamonaviy yuqori texnologiyali to‘liq siklli (CKD) metod bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga o‘zaro qiziqishga olib keldi.

Tomonlar avtomobilsozlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka to‘xtalar ekan, ushbu yo‘nalishdagi ijobiy trendlarni mamnuniyat bilan qayd etishdi. 2021 yil sentabr oyida Ozarbjyjonning Hajigabul shahrida foydalanishga topshirilgan «UzAuto Motors» AJ va «SamAvto» MChJ QK ishlab chiqarish liniyasi faoliyatidagi yutuqlarni misol qilib keltirish mumkin.

Shu bilan birga, avtomobilsozlik sohasida amalga oshirilmagan mavjud salohiyat haqida umumiy fikr bildirildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorda sotishdan tashqari, 2020 yilda Ozarbjyjonning Turkiya bilan imzolangan erkin savdo shartnomasi UzAuto'ga Ozarboyjonlik sheriklari bilan birgalikda Turkiya bozoriga avtomobil eksportini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Reklama

Top