Janubiy Koreyaning «Asiana airlines» aviakompaniyasi amalga oşirayotgan OZ-574 Toşkent – Seul reysi salondagi yölovçilardan birida ölim holati qayd etilgani sabab ortga qaytgan. Bu haqda «Novosti Taşkenskogo Neba» Telegram-kanali xabar tarqatdi.
Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, bortda vafot etgan ayol yölovçi Özbekiston fuqarosi bölgan. Ölim sababi aniq emas, hozirda buni aniqlaş maqsadida tibbiy ekspertiza ötkazilmoqda.
HL7746 raqamli Airbus A-330-300 samolyoti 27 avgust kuni 22:52 da Toşkent xalqaro aeroportidan havoga kötarilgan va jadval böyiça 08:45 da Janubiy Koreya poytaxti Seulga qönişi kerak bölgan. Ammo yölovçining ölimi sabab ortga qaytib, 28 avgust tongda yana Toşkent xalqaro aeroportiga qöngan.


Flightradar24.com saytida berilgan ma’lumotga köra, samolyot çindan Seulga qönmagan va Toşkentga qayta yönaltirilgan. Saytda jadvalning parvoz yönalişi ham körsatilgan va unda uçoq Toşkentdan yölga çiqib, Xitoy osmonidan yana Özbekiston poytaxtiga qaytib ketganini köriş mumkin.












