29 avgust kuni Senat Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi majlisi bölib ötdi.
Unda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda “Taşuvçi fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisida”gi qonunga tegişli özgartirişlar kiritilayotgani aytib ötildi.
Mamlakatda elektron tölov vositasidan firibgarlik, aldaş yoki işonçini suiiste’mol qiliş yöli bilan özga mulkiga bölgan huquqlarni qölga kiritiş bilan boğliq jinoyatlarni Jinoyat kodeksi 168- va 169-moddalarini oğirlaştiruvçi holat sifatida javobgarlikni belgilovçi norma bilan töldirilayotgani qayd etildi.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik qiliş, tahqirlaş yoki ularga şikast yetkaziş uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi yangi norma kiritilmoqda.
Bundan taşqari, majlisda davlat organlari va taşkilotlari tizimida 2022 yilning birinçi yarmida murojaatlar bilan işlaş holati muhokama qilindi.












