1 sentabr kuni AQŞ va Kanada çegarasida joylaşgan dunyoga maşhur Niagara şarşarasi Özbekiston mustaqilligining 31 yilligi şarafiga respublika milliy bayroği ranglariga burkanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Özbekistonning AQŞ va Kanadagi (qarorgohi Vaşingtonda) elçixonasi ma’lumotiga köra, ğarbiy yarim şar eng katta şarşarasining Özbekiston bayroği ranglariga bezanişini 31 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 22:30 da (1 sentabr Toşkent vaqti bilan 07:30 da) jonli efirda quyidagi ilovada tomoşa qiliş mumkin: www.earthcam.com/canada/niagarafalls/?cam=niagarafalls_str.
Niagara şarşarasining Özbekiston bayroği tusiga kirişi 15 daqiqa davom etadi.
Niagara Şimoliy Amerikada eng maşhur şarşara va eng yirik sayyohlik hududi hisoblanadi. Şarşarani köriş uçun har yili butun dunyodan millionlab sayyohlar keladi.
Şarşara kengligi 792 metr, balandligi esa 53,6 metrni taşkil etadi. Undan tuşayotgan suv hajmi sekundiga 2,2 million kubometrga teng. Niagara şarşarasini tunda yoritiş uçun 1,4 mingta yoritgiçdan foydalaniladi. Ular birgalikda 16 milliondan ortiq rangda turli kompozitsiyalarni taşkil etiş imkoniyatiga ega.












