Ispaniya bir neça kundan beri misli körilmagan tabiiy ofatni boşdan keçirmoqda: Örta yer dengizi sohillari va Balear orollari kuçli yomğirlar, şamol va hattoki tornado qurşovida qolgan.

Köplab şaharlar va aholi punktlari kuçli yoğingarçilik sababli deyarli suv ostida qolgan. Toğli hududlarda esa töğri avtomobil yöllariga oqib tuşayotgan haqiqiy şarşaralar paydo bölgan. Köriş darajasi deyarli nol darajada bölgan va yuqoridan tinimsiz suv oqayotgan şaroitda tor toğ yöllari orqali faqatgina eng dovyuraklargina öta olişi mumkin.
Jumladan, tvitterda mahalliy fuqaroning Asturiya provinsiyasidagi toğ yölidan avtomobilida ötayotgani videosi paydo böldi. Unda u yölida bir neçta şarşara ostidan ötişiga töğri kelganini köriş mumkin. Videoni haydovçining dösti e'lon qilgan va izohlarda dösti biroz qörquvga tuşgani, biroq omon qolganini yozgan.
Así llovía ayer en la zona del Pontón (Asturias) y mi a amigo Roberto no le frena nada con tal de atender a sus clientes "las vacas" que es veterinario... pic.twitter.com/v1LBuMGpOp
— Jesús Calleja (@JesusCalleja) September 11, 2019












