Hujjatga köra, Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş, köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, ilm-fan va madaniy-gumanitar aloqalarni amaliy ma’no-mazmun hamda yangi taşabbuslar bilan boyitiş, ikki mamlakat qardoş xalqlari örtasidagi birodarlik riştalarini mustahkamlaşga qöşayotgan munosib hissasi uçun quyidagilar mukofotlandi:
“Özbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
- Mammadova Gulyanaq Zakir qizi - R. Beybutov nomidagi Ozarboyjon davlat musiqa teatri vokalisti
“Döstlik” ordeni bilan
- Mustafayev Şahin Majid öğli - Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasining akademik Z.M. Bunyadov nomidagi şarqşunoslik instituti bölim mudiri, akademik
- Askarov Ramiz Baxşali öğli - Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor
- Binnatova Almas Qasim qizi - Ozarboyjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy nomidagi Adabiyot instituti “Ozarboyjon – Turkmaniston – Özbekiston adabiy aloqalari” bölimi mudiri












