Prezidentning tegişli qaroriga köra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-4 sentabr sanalarida ketma-ket dam oliş kunlari belgilangan.
Ana şu davrda xalqimiz salomatligini ta’minlaş, xususan, bayram va qöşimça işlanmaydigan kunlarda mamlakatdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligida ştab taşkil etildi.
1-4 sentabr kunlarida quyidagi davolaş-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatçilik asosida aholiga xizmat körsatadi:
- 1028 ta oilaviy poliklinika;
- 956 ta oilaviy şifokor punkti;
- tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barça şifoxonalar;
- ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari;
- tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari.
Şuningdek:
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 182 ta aholi punktida joylaşgan şoşilinç tibbiy yordam bölimlarida 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi. Uşbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira örinlari yartilgan.
Mamlakat böylab 2724 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan böladigan çaqiriqlar uçun doimo şay holatda.
Bundan taşqari, 227 ta tuğuruq, 245 ta bolalar davolaş muassasaci ham uzluksiz iş olib boradi.
Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegişli savollarga malakali mutaxassislardan tun-u kun javob oliş mumkin.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boşqarma hamda 203 ta aholi punktida joylaşgan bölimlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatçi şifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vraç-laborant va yordamçi xodimlar öz faoliyatini davom ettiradi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Mustaqillik bayrami va dam oliş kunlarida uzluksiz mehnat qiladigan barça tibbiyot xodimlariga öz minnatdorligini bildiradi.












