Şu yil mart-iyun oylarida maktab öqituvçilarining attestatsiya imtihonlari bölib ötgan edi. Unda 294 mingdan ortiq talabgor iştirok etiş uçun murojaat qilgan. Ammo köplab öqituvçilar bu imtihonlardan hukumat qarori tufayli qolib ketişgan. Bu esa endi ularga qimmatga tuşyapti.
Holat qanday yuzaga kelgan?
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentabrdagi 572-sonli qarori bilan, boğça, maktab, kollej va texnikumlarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
Nizomning 6-bandida ta’lim taşkilotlarida 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega oliy malaka toifali öqituvçilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi yozilgan edi.
Ayni şu tartib tufayli 2017 yilda oliy toifa olgan va 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega minglab öqituvçilar 2022 yil mart-iyun oylarida ötkazilgan attestatsiya imtihonlariga jalb etilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yilning 2 avgust kuni qabul qilingan 425-sonli qarori bilan esa nizomning 6-bandiga özgartiriş kiritildi. Unga köra, oliy toifani olganidan keyin uni 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega öqituvçilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Pedagog kadrlar har 5 yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziladi. Ammo oliy toifaga 2017 yilda ötgan va 15 yillik uzluksiz iş stajiga ega minglab öqituvçilar hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom talabiga binoan şu yil bahorda attestatsiya imtihonlariga bormagan.
Endilikda esa kiritilgan özgartiriş tufayli ular özlariga boğliq bölmagan holatda sentabr oyidan oddiy mutaxassis toifasiga tuşirib qöyilmoqda.












