Mixail Gorbaçyov sovuq uruşni tugatiş uçun hammadan köproq harakat qilgan inson sifatida dunyo böylab çuqur hurmat qozondi. Ammo sobiq sovet ittifoqi hududida köplar uni umrining oxirigaça mamlakat parçalanişida aybladi.

1985 yilda, Gorbaçyov KPSS (Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi) Markaziy qömitasi boş kotibi lavozimini egallaganida, özining 54 yoşida u siyosiy byuroning eng yoş a’zosi edi va ungaça mamlakatni boşqarib kelgan boşqa qarib qartayib qolgan apparatçilar fonida alohida ajralib turardi.

Leonid Brejnev, Yuriy Andropov va Konstantin Çernenkoning 20 yillik boşqaruvi davrida sovetlar ittifoqi çuqur turğunlikka yuz tutgandi.

1970-yillarda neft dollari oqimi kirib kelişi sovet xalqiga kamtargina bölsa-da, avval misli körilmagan farovonlik taqdim etgandi. Ammo rejali iqtisodiyotning tizimli muammolari hal etilmagandi.

Pasayiş va parçalaniş

Sovet iqtisodiyoti sariyoğ örniga zambaraklar işlab çiqarardi. Iste’mol tovarlari, jumladan, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taqçilligi sovetlar ittifoqida kundalik turmuş tarzini zaharlab, odamlarni juda köp vaqtini navbatlarda turişga sarflaşga majbur qilardi.

80-yillar boşida jahon bozorida neft narxi qulaşi resurs talab etadigan, rentabellik bilan işlamaydigan korxonalar faoliyatini saqlab qolişni qiyinlaştiradi. Bu vaqtda sovet qöşinlari Afğonistonga bostirib kirgandi va u yerda tez orada qonli partizan uruşi botqoğiga kirib qolgandi, bu uruşning oxiri körinmasdi.

Uruş, xalqaro izolyatsiya, Ikkinçi jahon uruşidan keyingi ön yilliklarda röyobga çiqmagan kommunistik möl-kölçilik va’dalari - bularning bari sovet odamlarining hukumatga işonçiga putur yetkazdi. Bunday işonçsizlik turli körinişlarda namoyon böldi: alkogolizm, davlat mulkini öğirlaş va rejimga böysunmaslik böyiça tobora jasoratli harakatlar.

Gorbaçyovning boş kotiblikdagi ötmişdoşlaridan biri Yuriy Andropov gaykalarni qattiqroq buraş orqali tizimni saqlab qolişga urinib körgandi: işlab çiqariş intizomini kuçaytiriş (militsiya kun böyi zaruratsiz iş joyida bölmaganlarni reyd qilardi), korrupsioner byurokratlarning alohida klanlari ustidan oçiq sud jarayonlari, dissidentlarni ta’qib qiliş.

Ammo Andropov oliy lavozimda atigi 15 oyga yaqin ötirib, vafot etdi - şundan amalda 10 oyga yaqinida işladi. Uning örniga kelgan Konstantin Çernenko ham allaqaçon munkillab qolgandi va kasal edi - u Andropovdan köra köproq yaşay olmadi va tarixda fuqarolar deyarli tanimagan rahbar sifatida qoldi.