SSSRning sönggi rahbari: siyosatni odob-axloq bilan boğlagan Gorbaçyov
|22:20 / 17.06.202521 95818 min
Salkam 70 yil dunyoning ikkinçi qutbi bölib kelgan SSSRning parçalanişi – XX asr dunyo tarixidagi eng katta voqealardan biri. Ön yillar davomida yetilib kelgan muammolar tufayli qulaşi muqarrar bölib qolgan imperiyaning qon tökişlarsiz, tinç tarzda tarqalişiga yöl qöyib bergan şaxs – mamlakatning birinçi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbaçyov edi.
Umuman olganda, zöravonlik va inson erkini çeklaşga qaratilgan totalitar tartib hukmronlik qilgan davlatlarning heç biri uzoq yaşamagan. SSSR ham bundan mustasno bölmadi. Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bu gal SSSRning qulaşi bilan doim birga yodga olinadigan şaxs – sovet ittifoqining birinçi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbaçyov hamda zulm imperiyasining parçalaniş sabablari haqida hikoya qiladi.
KGB rahbarining “işonçli odami”
Mixail Sergeyeviç Gorbaçyov 1931 yilda Stavropol ölkasida tuğilgan. Otasi maşina-traktor stansiyasida işlagan, onasi esa kolxoz işçisi edi.
Uning oilasi ham Stalinning “Katta terrori”dan çetda qolmagan: ona tomonidan bobosi 1937 yilda trotskizm uçun hibsga olingan. Ammo ayblov şunçalik nohaq bölganki, bir yil ötib uni qöyib yuborişga majbur bölişadi. Keyinçalik, Gorbaçyov bobosi bilan sodir bölgan bu voqea sovet tuzumiga bölgan qaraşlari özgarişiga ta’sir qilganini aytgan.
Yoş Mixail maktab davrida kombaynçining yordamçisi bölib işlagan. Uni 18 yoşida “Mehnat” qizil bayroq ordeni bilan ham taqdirlaşadi.
1950 yilda Gorbaçyov Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga huquqşunoslik yönalişi böyiça öqişga kiradi, 1952 yilda esa Kommunistik partiyaga a’zo böladi. Yuridik fakultetni tamomlaganidan keyin biroz vaqt Stavropol ölkasi prokuraturasida işlaydi, keyin mahalliy komsomol taşkilotlariga ötadi va u yerda öz karerasini qurişni boşlaydi. 1962 yilga kelib ölka komsomoli rahbariga aylanadi.
Mixail Gorbaçyov, 1950 yillar. Foto: Uilyam Taubmanning “Gorbaçyov va uning hayoti” kitobidan
Partiya iyerarxiyasida izçillik bilan yuqorilab, 1966 yilda 35 yoşli Gorbaçyov KPSSning Stavropol ölkasi qömitasi birinçi kotibi böladi, 1971 yildan esa Markaziy qömita a’zosiga aylanadi.
Stavropol ölkasi hududida Kavkaz mineral suvlari sanatoriyasi joylaşgandi va bu yerga siyosiy byuroning keksaygan a’zolari soğligini tiklaş uçun tez-tez kelib turişardi. Moskvadan keladigan hurmatli mehmonlarni kutib oliş va ularga qulayliklar yaratiş davomida Mixail zarur aloqalar örnatadi. Gorbaçyov şaxsan KGBning qudratli rahbari Yuriy Andropovning işonçi va kömagini his qilib turganini qayd etgan.
Mavzuga oid
SSSRning birinçi va oxirgi prezidenti
1978 yilning 19 sentabri Mixail Gorbaçyov hayotida buriliş nuqtasi böldi. Aynan şu kuni Stavropoldagi sanatoriyada SSSRning 4 rahbari: Leonid Brejnev, Konstantin Çernenko, Yuriy Andropov va Mixail Gorbaçyov birinçi marta bitta joyda uçraşişdi. Xabarlarga köra, aynan öşanda Andropov kafilligida Gorbaçyovni poytaxtga ötkaziş masalasi körib çiqiladi.
Mixail Gorbaçyov (çapda) va Yuriy Andropov (örtada) Stavropol ölkasida, 1978 yil. Foto: gorby.ru
1978 yilning noyabrida Mixail Markaziy qömitaning qişloq xöjaligi masalalari böyiça kotibi etib tayinlanadi. 1980 yil oktyabrida esa siyosiy byuro a’zosiga aylanadi, öşanda u 49 yoşda edi.
Ma’lumot uçun, SSSR siyosiy byurosi (Politbyuro) – davlat va partiya hokimiyati markazi, ya’ni mamlakatni boşqaruvçi asosiy qaror qabul qiluvçi organ edi. A’zolari soni 12-15 kişidan iborat byuro kollegial ravişda, Kommunistik partiya orqali SSSRni boşqargan.
1982 yilda Brejnev vafot etgaç, qisqa vaqt içida yana ikki rahbar almaşdi. Dastlab Andropov 15 oy, keyin Çernenko 13 oy mamlakatni boşqardi. Ularning har ikkisi ham oğir kasal edi.
1985 yilda Gorbaçyov ötmişdoşlariga nisbatan ança navqiron bölgan payti – 54 yoşidan KPSSning boş kotibi lavozimini egalladi. Uning siyosati tarixga “qayta quriş” nomi bilan kirdi va vaziyatni önglaş uçun bir qator islohotlar ötkazişga urindi.
Gorbaçyov mart oyida oliy hokimiyatga kelgan bölsa, aprel oyidayoq mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallaştiriş dasturini e’lon qildi. Unga köra, 15 yil içida (1985–2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortişi, ya’ni sovet davlati yaşab kelayotgan 63 yil davomida erişilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilişi kerak edi. Lekin jadallaştiriş dasturi ham KPSS va sovet davlati rahbariyatining yana bir xomxayol orzusi bölib çiqdi. Çunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oşirib bölmasdi.
Ötmişdoşlaridan farqli ölaroq, Gorbaçyov tez-tez rafiqasi bilan jamoat joylarida köriniş bera boşlaydi. Bu unga Ğarbda özgaça imij şakllantiriş imkonini beradi. Uning tayyorlab qöyilgan matn va «qoğozçasiz» nutq sözlaş tarzi – sovet odamlarida katta taassurot qoldiradi.
AQŞning 40-prezidenti Ronald Reygan va Mixail Gorbaçyov rafiqalari bilan SSSRning Vaşingtondagi elçixonasida keçki ovqatga yöl olişmoqda. / Foto: Oq uy
Öşa yillarning ramzlaridan biri – davlat va jamiyatning köproq oçiq bölişiga qaratilgan oşkoralik siyosati edi. Mamlakatda çet el radiostansiyalari signallarini tösib qöyiş töxtatildi.
Sovet odamlari köp vaqt davomida ulardan xunuk haqiqatlarni yaşirib kelganini anglay boşlaşadi: Stalin qatağonlari kölami, Molotov-Ribbentrop paktining maxfiy protokollari, siyosiy nomenklaturaning şohona hayot tarzi, Afğonistondagi yöqotişlar hamda armiyadagi «boşboşdoqliklar».
Mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari va xöjalik buyumlari bilan ta’minlaşdagi uzilişlar yanada kuçayadi. Oşkoralik şaroitida norozilik kayfiyati oçiqçasiga keng namoyon böla boşlaydi.
1990 yilda KPSS gegemonligiga çek qöyilib, unga muxolif bölgan partiyalar tuzişga ham ruxsat berildi. Köppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlaşa boşladi va mamlakatdagi siyosiy holat murakkablaşuviga sabab bölayotgan sotsialistik tuzumni, KPSSning davlat hokimiyatiga bölgan monopol huquqini inkor etiş kuçaydi.
Odatda zerikarli bölgan davlat televideniyesi qurultoy majlisini töğridan töğri efirga uzata boşlaganida ulkan ittifoqning millionlab aholisi ekranlardan közini uza olmay qoladi.
Qayta quriş davrida SSSRda budjet taqçilligi keskin oşib ketadi. Bunga qator omillar, jumladan, işlab çiqariş hajmining pasayişi, mudofaa xarajatlarining oşişi kabilar sabab bölgan. Xususan, ayrim manbalarda 1991 yilga kelib davlat budjeti taqçilligi yalpi içki mahsulotning 30 foiziga yetgani keltiriladi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda 10 baravar kamaydi va u atigi 240 tonnaga tuşib qoladi. Aholining turmuş darajasi şiddat bilan pasaya boşlaydi. Şunday şaroitda Gorbaçyov “insonparvar, demokratik sotsializm” qurilişini e’lon qiladi. Biroq endi uning gaplariga deyarli heç kim işonmay qöygandi.
Gorbaçyov iqtisodiyotda qabul qilinayotgan çora-tadbirlar uçun keskin tanqid qilina boşlanadi. Içkilikbozlikka qarşi kuraş böyiça siyosat ham fuqarolar noroziligiga sabab böladi.
Gorbaçyovning taşqi siyosati
Gorbaçyov hukumati 80-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab qurollaniş poygasining yangi bosqiçiga mamlakat iqtisodiyoti bardoş bera olmasligini anglab yetdi. Şuning uçun taşqi siyosat yönalişlariga özgartiriş kiritiladi. 1985 yilda Gorbaçyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillari tarafdori ekanini va xalqlarning taraqqiyot yölini tanlaşda suveren huquqlarini hurmat qilişini e’lon qiladi.
Gorbaçyovlar oilasi Katta teatrda — Buyuk Britaniya boş vaziri Margaret Tetçer bilan. 1989 yil aprel. Georges De Keerle / Getty Images
Taşqi siyosatdagi bu özgariş “yangi siyosiy tafakkur” iborasida öz ifodasini topdi. Bu borada tezda amaliy işga ham ötildi. 1985–1988 yillar oraliğida 4 marta oliy darajada Sovet–Amerika uçraşuvi ötkaziladi. 1987 yilda SSSR va AQŞ örtasida örta va qisqa masofalarga uçadigan yadroviy raketalarni tugatiş töğrisida şartnoma imzolandi. 1989 yilda SSSR Afğonistondan qöşinlarini olib çiqib ketdi. Şu yili Gorbaçyovning Xitoyga safari uyuştirildi, buning natijasida Sovet–Xitoy munosabatlari iliqlaşdi.
SSSR taşqi siyosatida röy berayotgan çuqur özgarişlar 1989 yilda kommunistik lagerga kirgan Şarqiy Yevropa davlatlarida röy bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan ötdi. Sovet hukumati bu inqiloblarni bostirişga harakat qilmadi. SSSR hatto 1990 yilning 3 oktyabrida ikki nemis davlatining birlaşişiga ham tösqinlik qilmadi. Aksinça, Germaniya birlaşgandan söng 1990 yilning 9 noyabrida SSSR va GFR örtasida yaxşi qöşniçilik, şerikçilik va hamkorlik töğrisida şartnoma imzolandi. SSSR Şarqiy Yevropadan öz qöşinlarini olib çiqib keta boşladi. 1990 yilda Mixail Gorbaçyov xalqaro maydonda tinçlik jarayonidagi roli uçun Nobel mukofotiga ham loyiq deb topiladi.
Berlin, 1986 yil / Foto: Germaniya milliy arxivi
GKÇP
Gorbaçyov rahbarligi davrida ittifoqdoş respublikalarda milliy uyğoniş harakatlari boşlandi. Har bir respublikada milliy til davlat tili deb e’lon qilindi. Voqealar ayniqsa 1990 yildan keyin juda tezlaşib ketdi. Öşa yili nafaqat ittifoqdoş respublikalar, balki ularning tarkibida bölgan avtonom hududlarning aksariyati öz mustaqillik deklaratsiyasini e’lon qilgan bölsa, yana bir qismi kengaytirilgan avtonomiya talabi bilan çiqdi. Şu tariqa, SSSR sönggi kunlarini yaşayotgani aniq böla boşladi.
Gorbaçyov ittifoqdoş mamlakatlar xohlagan vaqtida mustaqil bölişi mumkinligi haqidagi ğoyani olğa suradi, şu bilan birga, SSSRni ixtiyoriylik va demokratiya asosidagi ittifoq şaklida yangiça taşkil etişni taklif qilgandi.
Mixail Gorbaçyov KPSS XXVIII s’yezdidagi yakuniy nutqidan keyin, 1990 yil 5 iyul. Foto: Boris Babanov / RIA Novosti
1990 yilda Boltiqböyi mamlakatlari – Latviya, Litva va Estoniya özini SSSRdan mustaqil davlat deb e’lon qildi. Şunday vaziyatda maşhur GKÇP hodisasi röy berdi. Bu SSSRni saqlab qolmoqçi bölganlar tomonidan uyuştirilgan davlat töntarişi edi. 1991 yilning avgustiga kelib, vaziyat juda murakkablaşib ketadi.
4 avgust kuni Gorbaçyov Qrimga dam oliş uçun ketadi va qaytib kelganidan keyin “Mustaqil Respublikalar Ittifoqi” haqidagi şartnoma imzolanişi kerak edi. Bunga çidab tura olmagan SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev va KGB raisi Vladimir Kryuçkov rahbarligidagi guruh Gorbaçyov ta’tilda ekanidan foydalanib mamlakatda favqulodda holat e’lon qilişadi. Favqulodda holat rejimida davlatni boşqariş uçun Favqulodda holat davlat qömitasi (GKÇP) tuziladi. Xalqqa öqib eşittirilgan bayonotda Mixail Gorbaçyov salomatligi yomonlaşgani uçun öz vazifasini bajara olmasligi, şu sabab mamlakatni 6 oy davomida 8 kişidan iborat kengaş (GKÇP) boşqarişi, yarim yildan söng esa saylovlar ötkazilişi ma’lum qilinadi.
Mamlakat hududidagi GKÇP manfaatiga xizmat qilmaydigan barça naşrlar vaqtinça faoliyatini töxtatadi. Işlayotgan boşqa naşrlar ham qattiq senzuraga olinadi, kompartiyadan boşqa qolgan barça partiyalar faoliyati çeklanadi. GKÇP mamlakat nazoratini qölga olişni poytaxt Moskvadan boşlaydi.
Şunday vaziyatda RSFSR prezidenti Boris Yelsin katta sahnaga çiqadi va GKÇPning harakatlarini konstitutsiyaga zid deb ataydi. U sodir bölayotgan voqealar davlat töntarişidan boşqa narsa emasligini ta’kidlaydi. Yelsinning murojaatidan keyin Moskvada 200 mingdan ortiq, Peterburgda 400 mingdan ortiq odam markaziy maydonlarga çiqib, GKÇPga qarşi namoyişlarda qatnaşadi. 21 avgustga ötar keçasi Moskvada GKÇPga böysunuvçi askarlar hamda Oq uy (RSFSR Oliy Soveti va prezidentining iş binosi) himoyasidagi köngillilar örtasida töqnaşuv sodir böladi.
Töntariş paytida Oq uydagi tanklar, 1991 yil 20 avgust. Foto: Valeriy Xristoforov, Aleksandr Çumiçev / TASS
21 avgust tongida SSSR mudofaa vaziri Yazov Moskvadagi barça qöşin va texnikalarni şahardan olib çiqişga buyruq beradi. Bu GKÇP tugagani va amalda SSSRni saqlab qoliş imkonsiz ekanini körsatardi. Şu tariqa, SSSRni saqlab qoliş uçun tuzilgan GKÇP 3 kun ötib barbod böladi.
Gorbaçyovning isloh qilingan ittifoqni boşqa nom ostida saqlab qolişga bölgan umidsiz urinişlari jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlanmadi. Ayniqsa, Ukrainaning pozitsiyasi hal qiluvçi böladi, bu yerdagi referendumda respublika aholisining 90,3 foizi töla suverenitet uçun ovoz beradi.
Belovej bitimi
1991 yil 8 dekabr kuni Belarus örmonlarida joylaşgan Belovej qarorgohida Rossiya prezidenti Boris Yelsin, Ukraina prezidenti Leonid Kravçuk, Belarus Oliy Kengaşi raisi Stanislav Şuşkeviç tomonidan SSSRni tarqatib yuboriş va uning örniga Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi tuzilmasini tuziş haqida hujjatlar imzolandi.
Çapdan önga: Ukraina prezidenti Leonid Kravçuk, Belarus Oliy Kengaşi raisi Stanislav Şuşkeviç va Rossiya prezidenti Boris Yelsin. Foto: Ria Novosti
21 dekabr kuni Qozoğistonning öşa paytdagi poytaxti Olmaota şahrida yana 8 respublika: Ozarboyjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova bu bitimni imzoladi.
25 dekabr kuni esa M.S.Gorbaçyov SSSR prezidenti lavozimidan iste’fo berdi. 26 dekabrda SSSR Oliy Kengaşining yuqori palatasi sessiyasida SSSRning mavjudligini tugatiş töğrisidagi №142-sonli deklaratsiya qabul qilindi. Şu tariqa, SSSR parçalanib ketdi.
Rossiya SSSRning xalqaro taşkilotlardagi vorisi etib belgilandi va sovet ittifoqining barça qarzlarini tölaş hamda aktivlariga egalik qiliş vakolatini oldi.
Nega SSSR parçalanib ketdi?
Ayrimlar SSSRning parçalanişiga bevosita aybdor sifatida Mixail Gorbaçyov körsatadi. Ammo undan oldingi Brejnev, Andropov va Çernenkoning 20 yillik boşqaruvi davrida sovetlar ittifoqining çuqur turğunlikka yuz tutişi uçun zamin yaratilgandi. Köplab tahlilçi va ekspertlarning fikriça, SSSRning tarqab ketişiga quyidagi omillar sabab bölgan:
Iqtisodiy holat. Rejali iqtisodiyotning samarasizligi va turğunligi eng zarur bölgan tovarlarning ham surunkali taqçilligiga olib kela boşlagan. Işlab çiqariş hajmi, har bir fuqaroga qança narsa kerakligi, ularning narxlari töliq davlat tomonidan belgilangan. Bu – real hayotda eksperiment qilib körilgan haqiqiy utopiya edi.
Bundan taşqari, 80-yillarning örtalaridan boşlab arab mamlakatlarida neft qazib oliş karrasiga oşiriladi. Bu esa uşbu mahsulot narxlarining jahon bozorida keskin pasayişiga olib kela boşlaydi. SSSRda esa aynan neft eksportidan keladigan daromad oziq-ovqat mahsulotlarini import qiliş uçun zarur bölgan valuta tuşumlarining asosiy manbayi bölgan.
Kommunistik bloklarning qulaşi. Ikkinçi jahon uruşidan keyin Şarqiy Yevropadagi Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya, Ruminiya, Albaniya, Bolgariya, Yugoslaviya Ittifoqi va Germaniya Demokratik Respublikasida sotsialistik tuzumlar şakllandi. 1988-1989 yillarga kelib uşbu davlatlarda ham sotsialistik tuzumga nisbatan noroziliklar pişib yetilib keldi va ular sotsializmdan voz keçib, Ğarbga yuzlandi. Buning natijasida SSSR Şarqiy Yevropadagi bir neçta işonçli şeriklaridan ayrildi. “Dunyo böylab sotsializm va kommunizm quriş” ğoyasi doirasida diktator va qöğirçoq pro-sovet va antiamerika rejimlarini moliyalaştiriş va ularga harbiy yordam körsatişga qaratilgan harakatlar özini oqlamadi.
Yagona mafkura hukmronligiga intiliş. Ötgan asrning 70-yillaridan boşlab mamlakatda insonlarga mafkuraviy tazyiq ötkaziş, asarlarning ğoyaviy izçilligini ta’minlaşga qaratilgan harakatlar kuçaytiriladi. Ruslardan boşqa xalqlarning milliy, etnik va diniy özligini rad etiş ularda tabiiy ravişda tizimga nisbatan nafratni kuçaytirgan. Gorbaçyov davridagi söz va namoyiş erkinligi ana şu nafratning yuzaga çiqişiga olib kelgan.
Sovuq uruş va mablağlarning nomutanosib tarzda sarflanişi. 1950-yillardan boşlab dunyoning yetakçi davlatlari örtasida qurollaniş va kosmosni özlaştiriş masalasida tom ma’noda poyga boşlandi. Bu poygada SSSR eng köp mablağ sarflagan davlatlardan biri böldi. Afğonistonga qöşin kiritgandan söng Ğarb dunyosi bilan biroz iliqlaşgan aloqalar yana sovuqlaşdi. SSSRga qarşi iqtisodiy sanksiyalar kuçaytirildi, ittifoqdan energoresurslar sotib oliş töxtatildi. Qolaversa, Afğonistondagi uruşning öziga ham ulkan mablağ sarflandi.
Şuningdek, sovet siyosiy tizimining totalitar tabiatini saqlab qoliş maqsadida noişlab çiqariş sohalar: davlat apparati, armiya, KGBga juda katta mablağlar yönaltirildi.
Etnik nizolarning kuçayişi. 1986 yil 16 dekabrda Olmaotada Qozoğiston rahbari Dinmuhammad Qönayev işdan olinib, örniga Ulyanovsk viloyati obkomining birinçi kotibi Gennadiy Kolbin rahbar etib tayinlanişi sabab uyuştirilgan namoyiş qonga botirilgan. 1988 yil Qoraboğda armanlar va ozarboyjonlar örtasida etnik nizo vujudga kelgan. 1990 yil Farğona vodiysida qrim-tatarlari bilan boğliq tartibsizliklar çiqqan, öşa yili Şimoliy Osetiyaning Prigorodniy viloyatidagi osetinlar va inguşlar örtasidag qonli mojarolar yuz bergan.
Gorbaçyovning keyingi hayoti
SSSR parçalanganidan keyin Mixail Gorbaçyov davlat rahbari lavozimini tark etdi. 1996 yilda u Rossiyada bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida öz nomzodini ilgari surdi, ammo 1 foizdan kam ovoz oldi.
«Men siyosatni ilm-fan, odob-axloq, odamlar oldidagi mas’uliyat bilan uyğunlaştirişga intildim. Men uçun bu prinsipial masala edi. Hukmdorlarning avj olgan istaklariga, ularning zulmlariga çek qöyiş kerak edi. Men hamma narsada muvaffaqiyatga erişmadim, lekin bu yondaşuv notöğri bölgan deb öylamayman. Busiz siyosat özining beqiyos rolini bajara oladi deb kutiş qiyin, ayniqsa, biz yangi asrga qadam qöygan, keskin muammolarga duç kelayotgan bugungi kunda», – deb yozgandi Gorbaçyov.
Taniqli siyosatçi 2022 yilning 31 avgust kuni, 91 yoşida Moskvada vafot etdi.